Barcha yangiliklar RSS

Markaz yangiliklari

Bahorgi tijoratlashtirish forumi

 

2022 yil 16-17-mart kunlari Toshkent shahrida “Bahorgi tijoratlashtirish forumi” o’tkazildi.  

 

   Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida Ilmiy – innovatsion ishlanmalarni tarmoq korxonalari va hokimliklarga namoyish qilish, buning natijasida uch tomonlama shartnoma imzolash, olimlar bilan jonli uchrashuvlarni tashkil etish maqsadida 2023 yilning 16-17-mart kunlari Bahorgi tijoratlashtirish forumi o’tkazildi.

 

Forum ochilish marosimi

   Ushbu forumda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) “Suv xo’jaligida raqamli va innovatsion texnalogiyalar” loboratoriyasi muhandisi E. Sobirov tomonidan tayyorlangan “Smart Water” suv sathi va sarfini o’lchovchi qurilmasi mazkur forumda ishtirokchilar uchun taqdim etildi. “Smart Water” suv sathi va sarfini o’lchovchi qurilmasi tashkilotchilar va ishtirokchilar tomonidan yaxshi baholandi.

SMITM “Gidrometriya” laboratoriyasi  mudiri v.v.b. I. Sultonov va "Suv xo'jaligida raqamli 

va innovatsion texnologiyalar" loborotiyasi muhandisi E. Sobirov Forumda faol ishtirok etishdi.

Forumda ishtirokchilar bilan suhbat jarayoni


24-03-2023, 15:52
Ko'rishlar: 148
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”