“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali
2023 yil 5 iyun kuni Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi maydonida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivali tashkil etildi.
Unda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev qatnashib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldilar va 30 iyun -Yoshlar kuni oldidan o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda o‘tishini tiladilar.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev tomonidan Innovatsion va srart-up loyihalari g‘olibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining “Suv xo‘jaligida raqamli va innovatsion texnologiyalar” laboratoriyasi muhandisi Elmurod Sobirov “Tashakkurnoma” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbir yakunida Toshkentdan tashrif buyurgan o‘zbek estrada san’atining yorqin yulduzlari ishtirokidagi katta konsert namoyish etildi.