“Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi o’tkazildi
2023 yil 16 - 20 oktyabr kunlari Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida «InnoWeek.Uz-2023» Xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi o’tkazildi. Oliy ta’lim, fan va Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov “Innoweek-2023” ko’rgazmasini ochib berdi. Mazkur haftalikning bosh maqsadi – xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar o‘rtasida Yangi O‘zbekistondagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi islohotlar, ularning mohiyati, erishilgan yutuqlar va navbatdagi dolzarb vazifalar, mamlakatda vujudga kelayotgan mutlaqo yangi innovatsion rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida fikr almashishdan iborat. Bu yilgi “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida tashkil qilingan haftalik “Yoshlar”, “Startaplar”, “Ilm-fan va tijoratlashtirish” va “Kreativ ta’lim” yo‘nalishlarida tashkil qilindi.
Haftalik doirasida 20 dan ziyod mamlakatdan 250 dan ortiq oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasi bo‘yicha ekspertlar 50 ta tadbirda ishtirok ishtirok etdi. Janubiy Koreya, Germaniya, Malayziya, Rossiya hamda Eron Islom Respublikasi kabi mamlakatlardan 90 ga yaqin innovatsion korxonalar jalb etilgan.
Bir hafta davomida talabalar shaharchasidagi “Alpomish” muz saroyida “InnoWeek 2023” innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada “Ilm-fan va tijoratlashtirish loyihalari”, “Yoshlar akademiyasi”, “Startap loyihalar”, “Kreativ ta’lim” va “Xorijiy davlatlar” stendlarida 150 ga yaqin tashkilotlar 200 dan ziyod innovatsion mahsulotlari bilan ishtirok etdilar. Bundan tashqari, vazirlik binosining ko‘rgazmalar zalida “Kuzgi tijoratlashtirish forumi” doirasida ko‘rgazma tashkil etildi. Unda “Bahorgi tijoratlashtirish forumi”da tanlov orqali saralab olingan, tarmoq muammosi yechimiga qaratilgan tijoratlashtirish hamda startap loyihalari ishtirok etdilar.
InnoWeek-2023 Italiyalik tashrif buyuruvchiga loyihamiz haqida tushuntirish jarayoni
«InnoWeek.Uz-2023» xalqaro innovatsion loyihalar haftaligida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) “Suv xo’jaligida raqamli va innovatsion texnalogiyalar” loboratoriyasi muhandisi va “Suv sathi va sarfini o’lchovchi elektron uskuna” ishlab chiqarish Tijoratlashtirish loyihasi rahbar E. Sobirov, SMITM “Gidrometriya” loborotoriyasi v.v.b. mudiri I. Sultonov qatnashishdi. SMITM loyihasi «InnoWeek.Uz-2023» tashkilotchilari va ishtirokchilari tomonidan yaxshi baholandi.
SMITM “Gidrometriya” laboratoriyasi mudiri v.v.b. I. Sultonov
SMITM muhandisi E. Sobirov Germaniyalik ishtirokchilar bilan
hamkorlik o’rnatish muhokama qilindi
Shuningdek, SMITM muhandisi E. Sobirov “Germaniya-O’zbekiston ilm-fan kuni” Xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etdi.hamkorlik o’rnatish muhokama qilindi
“InnoWeek-2023” innovatsion g’oyalar haftaligida faol ishtiroki uchun SMITM “Suv xo’jaligida raqamli va innovatsion texnogiyalar” lobotoriyasi muhandisi E. Sobirov SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.