Barcha yangiliklar RSS

Markaz yangiliklari

Xorijiy va milliy ilmiy-tadqiqot institutlar bilan yaqin xamkorlik davr talabi.

     Innovatsion rivojlanish agentligi va Eron Islom Respublikasining Qishloq xo’jaligi ta’lim, tadqiqotlar markazi (AREOO) hamkorligida O’zbekiston yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish tanlovi g’olibi, Markaz direktori o’rinbosari - ilmiy kotib Sharipov Umrbek Abdullayevich 2023-yil 1-oktyabrdan 2023-yil 30-oktyabrgacha Eron Islom Respublikasining “Agricultural Research, Education, and Extension Organization” (AREOO) tashkiloti qoshidagi “Tuproq va suv tadqiqotlari ilmiy tekshirish instituti” da bir oylik ilmiy stajirovkani o’tab qaytdi.

Ilmiy stajirovka oldindan rejalashtirilgan va “Tuproq va suv tadqiqotlari ilmiy tekshirish instituti” bilan kelishilgan dastur asosida bir oy davomida ilmiy tekshirish institutining 6 ta ilmiy laboratoriyalarida tashkillashtirildi va olib borildi. 

Ilmiy stajirovkadan kozlangan maqsadlarga erishilgan xolda yangi bilim va amaliy konikmalarga ega bolindi hamda institutning ilmiy laboratoriyalari va yetakchi ilmiy xodimlar bilan aloqalar ornatildiOrnatilgan aloqalarni mustahkamlash va kelgusidagi xamkorlikni davom ettirish maqasadida Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITMva “Tuproq va suv tadqiqotlari ilmiy tekshirish instituti” SWRI ortasida anglashuv memorandumi imzolandi

Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qollab-quvvatlash jamgarmasi tomonidan moliyalashtirildi.
12-11-2023, 16:00
Ko'rishlar: 177
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”