Ekin maydonlarining tuproq sharoitini o‘rganish suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning muhim qismi hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Suv muammolari ilmiy tadqiqot markazi “Tuproq va suv tadqiqotlari hamda meliorativ jarayonlar” laboratoriyasi ilmiy xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlili markazi” DUKning tuproq ekspeditsiyasi bo‘limi xodimlari bilan birgalikda 2023 yil 20 noyabr kuni “Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti” Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasiga qarashli ekin maydonlarida tadqiqot ishlari olib borildi. Tajriba stansiyasi ekin maydonlari tuprog‘i allyuvial jinslardan tashkil topgan bo‘lib, yer osti sizot suvlarining yaqinligi sababli turli xil darajada sho‘rlangan. Tadqiqotlarda tuproqning suv o‘tkazuvchanligi va tuproq chuqurchalari qazilib tuproq qatlamining tuzilishi o‘rganildi, shuningdek, tuproqning mexanik tarkibi, sho‘rlanish darajasi, hajm og‘irligi va qatlamlar bo‘yicha oziq moddalarning miqdorini laboratoriyada tahlil qilish uchun tuproqdan namunalar olindi.
23-11-2023, 21:16
Ko'rishlar: 109
Sahifani chop etish
Belgilangan matnni tinglash uchun kuyidagi tugmani bosing
Powered by GSpeech