Suvchilar maktabida o’quv mashg’ulotlari davom etmoqda

Bugun 29-mart kuni Yangiariq tumani fermer xo’jaligi rahbarlari, ishchi hodimlariga “Suvchilar maktabi”da o’quv mashg’ulotlari bolib o’tmoqda. O’quv mashg’ulotlarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) “Sug’orish va suvni tejaydigan texnologiyalar” laboratoriyasi kichik ilmiy hodimi Sadullayev Hikmat fermerlarga, hozirgi kunda suv tejamkor sug’orish texnologiyalarini qo’llashda davlat tomonidan berilgan imtiyozlar, tejamkor texnologiyalarining qanday qo’llanilishi, loyihalash jarayonlari haqida batafsil o’quv mashg’ulotini o’tdi.


