Barcha yangiliklar RSS

Markaz yangiliklari

«YASHIL MAKON» LOYIHASI DOIRASIDAGI BAHORGI KO‘CHAT EKISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ayni kunlarda davom etayotgan «Yashil makon» loyihasi doirasidagi bahorgi ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi tomonidan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi hududida tashkil etilgan Suvchilar maktabi amaliyot dalasida manzarali daraxt ko‘chatlari ekishdi.

     Suvchilar maktabi amaliyot dalasida suv tejovchi texnologiyalari joriy etilmoqda. Mazkur ob’ektklar atroflari ko‘kalamzorlashtirilmoqda.

     Shuningdek, Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi binosi hududida ham manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi. 
9-04-2024, 16:03
Ko'rishlar: 112
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”