SMITM ilmiy xodimlari tomonidan Urganch Davlat Universitetining talabalariga dala amaliyoti tashkil etildi
Joriy yilning 3-4 aprel kunlari Urganch Davlat Universitetining “Tabiiy va qishloq xo‘jaligi” fanlari fakulteti 2-kurs 221-guruh “O‘simliklarni himoya qilish” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) “Melioratsiya va kollektor-drenaj tarmoqlari” laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi R.Xo‘janiyazov tomonidan 2024 yil hosili uchun sho‘r yuvish tadbirlari o‘tkazilgan maydonlarda dala amaliyoti tashkil etildi.
Talabalarga tuproq sho‘rlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, sho‘rlangan tuproqlarda meliorativ tadbirlarni belgilashda olib boraladigan ilmiy-tadqiqot va kuzatuv ishlarining uslubiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Tuproqdagi zararli tuzlar miqdorini kimyoviy usulda tahlil qilish uchun talabalar tuproq namunalari olishda ishtirok qildilar.
Tuproqdagi tuzlar miqdorini dala sharoitida tezkor usulda elektr o‘tkazuvchanligi asosida aniqlovchi “Progress 1T” konduktometrini mustaqil ishlatib nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamladilar.