Barcha yangiliklar RSS

Markaz yangiliklari

USAID dasturi doirasida Toshkent shahrida taqdimot o’tkazildi

Green Business Innovation kompaniyasi «Climate Smart «yashil» startaplar uchun biznes-inkubator» dasturining ijrochisi hisoblanadi. Ushbu dastur USAIDning Orol dengizining qurigan tubida ekotizimni tiklash bo'yicha II (ERAS-II) loyihasi doirasida O'zbekistondagi startaplar uchun amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi dasturning O'zbekistondagi milliy hamkori hisoblanadi. Dastur Qoraqalpog'istonning Mo'ynoq va Nukus tumanlarida "yashil" texnologiyalar sohasida innovatsion yechimlarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va malakasini oshirishga qaratilgan. 

2024 yil 3 iyul kuni Toshkent shahrida, Innovatsion Rivojlanish Agentligi binosida ishtirokchilarning loyihalari ko‘rgazmasi va ularning biznes-inkubatordagi Demo Kuni (loyihalar taqdimoti) bo‘lib o‘tdi. Demo kuniga davlat organlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va potentsial investorlar taklif etildi. 


Green Business Innovation kompaniyasi taklifiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy tadqiqot markazi AKT bo’yicha mutaxassisi hamda Aqlli suv qurilmasi startapining asoschisi va «Climate Smart «yashil» startaplar uchun biznes-inkubator» dasturining ishtirokchisi Elmurod Sobirov mazkur tadbirda ishtirok etdi va loyihalar taqdimotida Aqlli suv qurilmasi mavzusida taqdimot qildi.



Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.


17-07-2024, 12:41
Ko'rishlar: 84
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”