Barcha yangiliklar RSS

Markaz yangiliklari

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish yo’lidagi ilmiy-tadqiqot ishlari amalda

     Xorazm Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining (SMITM) tavsiyasiga asosan “Paxta seleksiyasi urug‘chilik va yetishtirish agrotexnologiyalar ilmiy tadqiqot instituti” Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi hududida to’rtta konturdan iborat 25 gektar maydonda “Suvchilar maktabi”ning Xorazm viloyati tajriba maydoni tashkil etilgan. Joriy yil boshidan “Suvchilar maktabi”ning tajriba maydonida suv tejovchi texnologiyalar joriy etilmoqda. Shu jumladan vegetatsiya davrida, iyun oyida 7,7 gektar va 4,57 gektarga teng bo’lgan paxta dalasida 2 ta konturda tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilib ishga tushirildi.
     Hozirgi kunda tomchilatib sug‘orish tizimini Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi hamda SMITM ilmiy xodimlari hamkorlikda boshqarmoqdalar. Shu bilan birgalikda ushbu tizimni qo‘llash mobaynida ilmiy ishlar ham olib borilmoqda.

     G'o'zani tomchilatib sug'orish ishlari davomida SMITM "Suv xo'jaligida raqamli va innovatsion texnologiyalar" laboratoriyasi mudiri H. Durdiyev hamda "Sug'orish va suvni tejaydigan texnologiyalar" laboratoriyasi kichik ilmiy hodimi H. Sadullayevlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 



     Dala tadqiqot ishlarida ilmiy xodimlar tomonidan g‘oza dalasida PPS-01 hamda WatermarkTM elektron uskunalar yordamida tuproqning namligi o’lchanib, chegaraviy dala nam sig‘imini aniqlash orqali sug’orish ishlari amalga oshirilmoqda. Go‘zaning rivojlanish fazalariga mos ravishda belgilangan namlik meyoridan pastga tushsa sug‘orish boshlanib, aksincha belgilangan namlikka erishganda sug‘orish to‘xtatilmoqda.


     O‘tkazilgan tadqiqot ishlari markazning ilmiy xodimlari tomonidan mavsum yakunida tahlil qilinib, fermerlar uchun tomchilatib sug‘orish tizimini qo‘llash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqiladi.



24-07-2024, 10:17
Ko'rishlar: 130
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”