Barcha yangiliklar RSS

Markaz yangiliklari

Suv xo‘jaligi sohasidagi muammolar va uning yechimlari yuzasidan ilmiy hamkorlik.

Joriy yil 2 avgust kuni Suv xo‘jaligi vaziri tomonidan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib respublika hududlari bo‘yicha sohada amalga oshirilayotgan ishlar, fermer xo‘jaliklari va tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalari o‘rtasida suv hisobini yuritish, suv xo‘jaligi sohasidagi muammolar yechimi hamda sohaga ilmiy yondoshuvni targ‘ibot va tashviqot qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (ISMITI) direktori rahbarligidagi 5 nafar doktorantlardan iborat ishchi guruhi hamda ISMITI tasarrufidagi Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy hodimlari ishtirokida tumanlar suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalari va fermer xo‘jaliklarida mavjud muammolarni aniqlab, ularni yechimiga qaratilgan tavsiyalar berilmoqda, hamda amaliy seminarlar tashkil qilinmoqda.


     Jumladan, BVO Amudaryo huzuridagi UPRADIK boshqarmasiga qarashli “Polvon-G‘ozovot” bo‘linmasi 67 kilometrida joylashgan suv taqsimlash inshootida Polvon-G‘ozovot irrigatsiya tizim boshqarmasi xizmat ko‘rsatish hududidagi Xiva, Qo‘shko‘pir, Urganch, Yangiariq va Xonqa tumanlari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari gidrometlari uchun Suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda institutning Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari va tadqiqotchilari bilan birgalikda amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
     Shuningdek, 2024 yil 16 avgust kuni Chapqirg‘oq-Amudaryo ITHB va Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti birgalikda Urganch tumani hududidagi “Rajab ota Jumanov” fermer xo‘jaligi dalasida “Suv isteʼmolchilari tomonidan suv hisobini yuritish” mavzusida ko‘rgazmali ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
     Tadbirda Urganch tuman hokimligi, Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi rahbarlari va mutaxassislari, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va uning tasarrufidagi Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari hamda Urganch tumani fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etishdi.
     ISMITI doktorantlari va Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari bilan birgalikda joriy yilning 20 avgust kuni Tuproqqalʼa tumani hududida, Amudaryodagi Tuyamo‘yin gidropostining PK56+00 piketida TB5m markali dopler uskunasi orqali suv o‘lchash ishlarini bajarishdi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad doktorantlarning suv o‘lchash vosita va qurilmalarini ishlatish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashdir.
     Ishchi guruh viloyatimizda 25 avgustgacha o‘z faoliyatini davot ettiradi, hozirgi kunda ilmiy xodimlar tomonidan tumanlarda suv resurslaridan yanada samarali foydalanish, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirish, suvning hisob-kitobini yuritish hamda sug‘orish tarmoqlarida suv yo‘qotishlarini oldini olish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berib borilmoqda.



23-08-2024, 11:49
Ko'rishlar: 112
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”