Barcha yangiliklar RSS

Markaz yangiliklari

Innoweek-2024 Barqaror rivojlanish uchun Innovatsiyalar Shiori ostida innovatsion haftalik bo’lib o’tdi

     2024-yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahridagi O‘zekspomarkaz saroyida tashkil etilgan “InnoWeek.uz-2024” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida “Suv   xo‘jaligida  raqamli  va innovatsion  texnologiyalar” laboratoriyasi mudiri H.Durdiev, “Sug‘orish va suvni tejaydigan texnologiyalar” laboratoriyasi kichik ilmiy hodimi H.Sadullayev hamda SMITM ning AKT bo‘yicha mutaxassisi E. Sobirovlar ishtirok etdilar.

     Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — “Innoweek.uz” respublikada innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish maqsadida 2018-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida rivojlanib, Markaziy Osiyoda ilg‘or innovatsiyalarni namoyish qilish va global hamkorlikni rivojlantirish uchun eng yirik maydonga aylandi. Tadbir har yili yetakchi mahalliy va xalqaro kompaniyalar, investorlar, diplomatlar, tadbirkorlar, olimlar, startaplar, texnologiya ekspertlari va davlat idoralari vakillarini bir davrada birlashtiradi. Shuningdek, innovatsion sektor yetakchilari, hamkorlik va investitsiyalarga oid soha egalari bilan muloqot qilish uchun ideal platforma hisoblanadi.

     Mazkur haftalikda markazning “Suv xo‘jaligida raqamli va innovatsion texnologiyalar” laboratoriyasi tomonidan biriktirilgan vakillar faol qatnashib, uch kun mobaynida SMITM tomonidan ishlab chiqilgan Aqlli suv qurilmasini namoyish qildilar. Ushbu Aqlli suv qurilmasi SMITM ning AKT bo‘yicha mutaxassisi E. Sobirov tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirish natijasida “Suv sathi va sarfini o‘lchovchi elektron uskuna ishlab chiqarish” (tijoratlashtirish) loyihasi doirasida yaratilgan.
     Haftalik davomida ishtirokchilar SMITM tomonidan yaratilgan qurilma bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan qurilmaning ishlash pirinsipi hamda hozirgi davrda suv uchun soliq tizimi joriy qilingan bir davrdagi foydali ahamiyatlari borasida tushuntirish berib bordilar.

Bundan tashqari haftalik doirasida 2024-yil 15-noyabr kuni rejalashtirilgan “Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha uchinchi xalqaro forum” da markazning “Suv  xo‘jaligida   raqamli  va innovatsion  texnologiyalar” laboratoriyasi mudiri H.Durdiev ishtirok etdi. Forumda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabbayev  hamda chet eldan jalb qilingan mutaxasislar o’zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Ishtirokchilar respublikamizda hamda dunyo miqyosidagi inovatsion ishlanmalar hamda ilmiy xodimlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

     Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 14-16 – noyabr kunlari o‘tkazilayotgan “InnoWeek.Uz-2024” innovatsion haftaligida faol ishtiroki uchun SMITM taqdirlandi.
     Shuningdek SMITM nomidan ishtirok etgan barcha ilmiy xodimlar tashkilotchilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlandilar.


20-11-2024, 10:31
Ko'rishlar: 66
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”