Barcha yangiliklar RSS

Markaz yangiliklari

Innoweek - 2022 xalqaro innovatsion loyihalar haftaligi

 

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Inno Week-2022” xalqaro innovatsion g’oyalar xaftaligi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi 

 

Joriy yilning 18-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Inno Week-2022” xalqaro innovatsion g’oyalar xaftaligi doirasida “Markaziy Osiyoda iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlarini qisqartirishga yo’naltirilgan yashil innovatsiyalar” nomli 2 kunlik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Mazkur konferensiyada bir qator xalqaro xorijiy tashkilotlar, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va bir qancha rivojlangan davlatlar oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari vakillari, professor va ilmiy xodimlar o’zlarining konferensiya mavzusi doirasidagi ilmiy ishlari va erishilgan natijalari to’g’risidagi taqdimotlari bilan qatnashdi. Shuningdek konferensiyada Germaniya, Yaponiya va Isroil davlatlari vakillari zoom platformasi orqali masofadan turib o’zlarining taqdimotlari bilan qatnashdi. Shuningdek, konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi, “Tuproq va suv tadqiqotlari hamda meliorativ jarayonlar” laboratoriyasi mudiri U. Sharipov ishtirok etdi.

Konferensiyaning birinchi kunida (18-oktyabr) “Iqlim o’zgarishlarini yumshatish” borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar tinglandi. Bunda asosan Markaziy Osiyo davlatlari jumladan O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston  va Mongoliyada energetika sohasi, qayta tiklanuvchi energiya manbaalari, energiya resurslarini ximoya qilish va atrof muhit ifloslanishini oldini olishga qaratilgan va halqaro tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilgan amaliy va startap  loyixalarni borishi, moliyalashtirish manbaalari va ularni amalga oshirishga qaratilgan ishlar to’g‘risida taqdimotlar tinglandi.

Konferensiyaning ikkinchi kuni (19-oktyabr) “Iqlim o’zgarishlariga moslashish” mavzusidagi taqdimotlarga bag’ishlandi. “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi (GIZ) loyixasi xududiy koordinatori Karoline Milov o’z taqdimotida Markaziy Osiyoda yashil innovatsiyalarning joriy etilishi va bu sohani rivojlantirish uchun turli loyihalarni amalga oshirish va bu boradagi g’oyalarni qo’llab quvvatlashi xaqida gapirib, bunday loyihalarni amalga oshirish usullari va  moliyalashtirish manbalari to’g‘risida ma’lumot berib o’tdi.

Shuningdek konferensiyaning ikkinchi kunida bir qancha davlat tashkilotlari vakillari, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya ko’mitasidan B.Pulatov va Innovatsion rivojlanish vazirligidan A.Ungalov, Qozog’iston qishloq xo’jaligi vazirligidan S.Sharipov, Qirg’iziston qishloq xo’jaligi vazirligidan A.Ermatov, Germaniyaning Martin Luzer universiteti “Halle-Wittenberg” dan  prof. Q.Qonrad, va Germaniyaning Tuproqshunoslik instituti, “Leibniz Universitat Hannover” dan prof. J.Guggenbergerlar turli mavzularda o’z taqdimotlari bilan qatnashdi. Bundan tashqari zoom platformasi orqali Yaponyaning Kyoto universitetidan doktor. K.Tanaka va Isroil innovatsiya institutidan S.Goxarlar konferensiyani bevosita kuzatib bordi va o’zlarini taqdimotlarini namoyish etishdi. 

Konferensiya yakunlovchi qismida “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi (GIZ) loyixasi muxokama etildi. 

Скачать файл: hisobot_innoweek_2022.docx [405,44 Kb] (cкачиваний: 4)
Посмотреть онлайн файл: hisobot_innoweek_2022.docx

23-12-2022, 13:59
Ko'rishlar: 170
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”