Ayni kunlarda davom etayotgan «Yashil makon» loyihasi doirasidagi bahorgi ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi tomonidan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi hududida tashkil etilgan Suvchilar maktabi amaliyot dalasida manzarali daraxt ko‘chatlari ekishdi.
Suvchilar maktabi amaliyot dalasida suv tejovchi texnologiyalari joriy etilmoqda. Mazkur ob’ektklar atroflari ko‘kalamzorlashtirilmoqda.Shuningdek, Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi binosi hududida ham manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.