Xalqaro suv resurslarini boshqarish institutining (IWMI) O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Orolbo‘yi hududida qishloq aholisining turmush sharoitini yaxshilash va transchegaraviy hamkorlik uchun resurslardan barqaror foydalanish” mavzusidagi 2-Faza loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) ilmiy-tadqiqot ishlari uchun Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligining moliyaviy ko‘magi yordamida tuproq parametrlarini (namlik, harorat va tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi) aniqlash uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bir dona PSS-01 tipdagi portativ sensor zamonaviy o‘lchov uskunasi taqdim etilgan.
“PSS-01” elektron uskunasi dalada tuproqning namligini, tuproq haroratini va elektr o‘tkazuvchanligini ko‘rsatib beradi. Meliorativ ekspeditsiya mutaxassislari tomonidan ishlatilayotgan dala sharoitida tuproqning sho‘rlanishini tezkor aniqlovchi “Progress-1T” elektron uskunasi bilan taqqoslab ko‘rilganida, dala tuprog‘ining harorati va elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha olingan natijalarini bir xil ko‘rsatganligi aniqlandi. Uskunalar Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasining
62-konturida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish joriy qilingan dalada o‘rganib ko‘rildi.
62-konturida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish joriy qilingan dalada o‘rganib ko‘rildi.
PSUEAITI Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasining 62-konturi tuprog‘ini elektron uskunalarda o‘rganish natijalari | |||||
Elektron uskuna turi | Tuproq ko‘rsatkichlar | Tuproq qatlami chuqurligi, sm | |||
0 | 15 | 30 | 45 | ||
PSS-01 | harorati (t°C) | 30,2 | 29,5 | 28,4 | 28,1 |
namligi (W %) | 28,6 | 58,7 | 60,4 | 80,3 | |
elektr o'tkazuvchanligi (Ec) | 0,5 | 2,4 | 2,9 | 4,0 | |
Progress-1T | harorati (t°C) | 30,2 | 29,4 | 28,0 | 27,4 |
elektr o'tkazuvchanligi (Ec) | 0,5 | 2,4 | 2,9 | 4,0 |
“Progress-1T” elektr uskunasi tuproqning harorati va elektr o‘tkazuvchanligini ko‘rsatadi. “PSS-01” elektron uskunasi yordamida tuproqning o‘rganish vaqtida haroratdan tashqari, uni shu vaqtdagi tuproq namligi bilan bog‘lab elektr o‘tkazuvchanligini ham o‘rganish imkoniyati mavjud.
Hozirgi kunda SMITM ilmiy xodimlari dala tadqiqot ishlarida “PSS-01” elektron uskunasini amalda foydalanishmoqda, shu jumladan tomchilatib sug‘orish tizimini ishlatishda tuproq namligini nazorat etish imkoniyatini ham yaratmoqda.