Urganch Yoshlar texnoparkining ochilish marosimi
2025 yil 26-fevral kuni Xorazm viloyatida zamonaviy innovatsion markaz – Urganch Yoshlar Texnoparki o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu texnopark Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilib, yoshlarning ijodiy g‘oyalari va startap loyihalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.



Mazkur tadbirda Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) “Suv sathi va sarfini o‘lchovchi elektron uskuna ishlab chiqarish” mavzusidagi tijoratlashtirish” loyihasi rahbari Sobirov Elmurod va SMITM “Suv xo‘jaligida raqamli va innovasion texnologiyalar” laboratoriyasi mudiri Durdiyev Haydar "Aqlli suv qurilmasi" bilan ishtirok etishdi va elektron uskuna bo‘yicha tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berishdi.
Mazkur texnopark yoshlarning bilim va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatga erishishlariga xizmat qiladi.