Xorazm “Suvchilar maktabi” tajriba dalasidagi 6,8 gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi to‘liq avtomat tarzda ishga tushirildi.

Xorazm “Suvchilar maktabi” tajriba dalasidagi 6,8 gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi to‘liq avtomat tarzda ishga tushirildi.

     Hozirgi global ekologik muammolar va suv resurslarining cheklanganligi sharoitida suvdan samarali va oqilona foydalanish masalasi jahon miqyosida jumladan O‘zbekistonda ham dolzarbligicha qolmoqda.   Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, sanoat va kommunal sohalarda suv resurslarini tejashga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga samarali tatbiq etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
     Shu nuqtai nazardan, Respublikamizda suvni tejovchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari suv resurslarini boshqarishning innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashga erishish imkonini bermoqda.
     Shu bilan birga, Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan amaliy tadqiqotlar ham ushbu yo‘nalishdagi ilmiy faoliyatning muhim qismi bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, Xorazm Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) tavsiyasiga asosan, “Paxta seleksiyasi, urug‘chilik va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti”ning Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi hududida 25 gektar maydonda “Suvchilar maktabi”ning tajriba dalasi tashkil etilgan bo‘lib, shundan kuzgi g’alla ekilgan 6.8 gektar maydonda 2024 yil yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan edi.
     Joriy yil mazkur maydonda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi to‘liq avtomat tarzda ishga tushirildi. 
     Hozirda mazkur sug‘orish tizimi Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi xodimlari va Xorazm “Suvchilar maktabi” xodimlari hamda SMITM ning “Suv xo‘jaligida raqamli va innovasion texnologiyalar” laboratoriyasi mudiri H. Durdiyev va “Sug‘orish va suvni tejovchi texnologiyalar” laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi J. Rahimovlar tomonidan boshqarilmoqda.
     Sug’orish jarayonida yomg‘irlatib sug‘orish tizimini joriy etish, uning afzalliklari va undan to‘liq avtomat tarzda ishga tushirilganda samarali foydalanish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
7-04-2025, 14:42
Sahifaga qaytish