Xorazm viloyati “Suvchilar maktabi”da Xitoy texnologiyasi joriy etiladi.

Xorazm viloyati “Suvchilar maktabi”da Xitoy texnologiyasi joriy etiladi.

Xorazm viloyatida suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish maqsadida suv tejovchi texnologiyalar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, 2025-yil hosili uchun “Suvchilar maktabi” tajriba dalasida tomchilatib sug`orish tizimi joriy etilgan 7,8 ga maydonda Xorazm-127 navi qator oralig`i 60 sm sxemasida ekildi. 
     Shuningdek, 4,25 gektar maydonda Xitoyning “Xin lu zhonang-78” navli paxta urug‘lari 76×10 sxema asosida ekildi.

     Mazkur dalalarda Xorazm sharoitida turli xil ekish sxemalarida, hamda Xitoy texnologiyasi bilan ekilgan sxemalarda tomchilatib sug‘orish tizimining samaradorligi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.
     Tajribadan ko‘zlangan asosiy maqsad — tomchilatib sug‘orishning optimal parametrlari (masalan, sug‘orish quvurlari va tomchilatgichlar orasidagi masofa)ni aniqlash orqali suvni tejash va yuqori, sifatli hosil olishdir. Natijalar asosida suv sarfi, o‘simlik rivojlanishi va hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniq ilmiy ma’lumotlar shakllantiriladi.
     Dala-tadqiqot ishlari SMITM “Suv xo‘jaligida raqamli va innovatsion texnologiyalar” laboratoriyasi mudiri H. Durdiyev hamda “Sug‘orish va suvni tejovchi texnologiyalar” laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi J. Raximov tomonidan Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari hamda “Suvchilar maktabi” mutaxassislari bilan birgalikda bajarilishi rejalashtirilgan.
     Kelgusida ushbu tadqiqot natijalariga asoslanib, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi va ular tomchilatib sug‘orish texnologiyasini Xorazm viloyati sharoitida keng joriy etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Вчера, 15:45
Sahifaga qaytish