"Gidrometriya" laboratoriyasi haqida
Laboratoriya Xorazm viloyatining suv xo'jaligi sohasida suvni boshqarish, uning hisboini yuritish va undan oqilona foydalanish, suv iste'molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish, suv resurslarining hisobotini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda fan va ishlab chiqarishning o'zaro itegratsiyasini mustahkamlash maqsadida tavsiyalar va innovatsion takliflar va innovatsion takliflarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish ishlarini amalga oshiradi.
Laboratoriyaning asosiy vazifalari:
- Xorazm viloyati suv xo‘jaligi tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlarida suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jixozlash hamda suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarining hisobini yuritish bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlab borish;
- Gidrometriya sohasi bo’yicha respublikada va horijda ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar, innovatsion takliflar va me’yoriy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish;
- Xorazm viloyati suv xo‘jaligi tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari rahbar-xodimlari va mutaxassislarining suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jixozlash bo’yicha kasbiy malakasini oshirishda ishtirok etish;
- Soha bo‘yicha ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jixozlash masalalari bo‘yicha kompleks muammolarni hal qilishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
- Ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan Gidrometriya sohasida erishilgan yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar tashkil qilish, hamda ilmiy-texnik yutuqlarni tizimli ravishda chop etish va targ‘ib qilish.
Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari:
- Suv resurslarini oqilona boshqarish va suv hisobi monitoringini yuritish
- Suv iste’molchilarining bosh suv olish joylarini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash
- Suv hisobi va hisobotini yuritilishini raqamlashtirish
- Viloyat suv istemolchilari (fermer ho‘jaliklari, agro klaster va boshqalar) ho‘jaliklarida suvni hisobga olish vositalarini qurish, ulardan foydalanish, darajalash va qiyoslash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
- Xorazm viloyati suv isteʼmolchilari uchun suvni hisobga olish vositalari maqbul turini tanlash, qurish, ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar hamda gidropostlarda raqamli texnologiyalarni joriy qilish loyihalari ishlab chiqish.
Xodimlar
1. Laboratoriya mudiri v.v.b.:
Ibodulla Sultanov
Tel: +998 99 564 73 42
Email: ivadullasultanov@gmail.com
2. Laboratoriya muxandisi:
Sattorov Hikmatillo
Tel: +998 97 607 47 22
Email: sattorovhikmatillo461@gmail.com