“Irrigatsiya tizimi va o’zan jarayonlari” laboratoriyasi haqida
Loborotiyasi vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 noyabrdagi 744-son ham 2021 yil 23 iyuldagi 452-son qarorlariga asosan tashkil etilgan va Xorazm viloyatida suv xo'jaligini rivojlantirish, irrigatsiya tizimlari va o'zanlarning holatini yaxshilash bo'yicha mavjud muammolarni aniqlab borish, suv xo'jaligi ob'ektlarini xavfsiz va ishonchli ishlatish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, tavsiyalar va innovatsion takliflarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish ishlarini amalga oshiradi.
Laboratoriyaning asosiy vazifalari
- Irrigatsiya kanallari va daryo o’zanlarini masofadan zondlash orqali deformatsiyalarini aniqlash va monitoring qilish;
- Irrigatsiya tizimi va o’zan jarayonlarini ilmiy tadqiq qilishda uslubiy qo’llanmalar tayyorlash;
- Irrigatsiya tizimi va sug’orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsientini oshirish bo’yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
- Suv resurslarini oqilona boshqarish va hisobini yuritishda raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
- Suv xo’jaligini rivojlantirish, suv xo’jaligi ob’ektlarini xavfsiz va ishonchli ishlatish;
- Irrigatsiya tizimlaridagi magistral taqsimlovchi va boshqa kanallarini gidromorfometrik qiymatlarini o’zgarishini tadqiq qilish;
- Xorazm viloyati suv xo’jaligini ekspluatatsiya qilish tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarini kasbiy bilim darajasini oshirish uchun namunali tavsiyalar ishlab chiqish hamda ko’rgazmali seminarlar o’tkazish;
- Kanal va o’zanlarning holatini yaxshilash bo’yicha mavjud muammolarni aniqlab boorish;
- Xorazm viloyati irrigatsiya tarmoqlarining sohil bo’yi mintaqalarini geoaxborot tizimlari (GAT) yordamida belgilash metodikasini ishlab chiqish;
- Suv tanqisligi sharoitida suv hisobini yuritish va boshqarishning yangi usullari hamda texnologiyalarini joriy qilish va ularni amaliyotda sinab ko’rib, tadbiq etish.
Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari
- O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq amaliy va innovatsion loyihalar tanloviga qo‘yish uchun suv xo‘jaligi sohasi muammolari yechimiga qaratilgan taklif loyihalar tayyorlash;
- Shovot kanalida loyqa bosishdan himoyalash va boshqa gidravlik ko’rsatkichlarini belgilash bo’yicha ilmiy tavsiya ishlab chiqish;
- Irigatsiya tizimlari kanallari va gidroinshootlarning foydalanish davrida ishonchli ishlash darajasini oshirish. Gidroinshootlarni ekspluatatsiya qilish yo’riqnomalarini va xavfsizlik deklaratsiyalarini tayyorlash;
- Irrigatsiya tizimlarida ortiqcha suv yo’qotishlarni oldini olish, kanal va o’zanlardagi cho’kindilardan tozalash ishlarini soddalashtirish va ekspluatatsiya harajatlarini kamaytirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Xodimlar
1. Laboratoriya mudiri:
Qalandarov Iskandar
Tel: +998 99 120 80 33
Email: iskandar.q@urdu.uz
2. Kichik ilmiy hodim (o'rindosh):
Quryazov Otaboy Quryaz o'g'li
Tel: +998 94 116 10 60
Email: quryozovotaboy@gmail.com