“Melioratsiya va kollektor-drenaj tarmoqlari” laboratoriyasi haqida
Laboratoriya Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib suvni boshqarish, undan oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari bo‘yicha muammolarni aniqlash va meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, suv va yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlash hamda fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish asosida tavsiyalar va innovatsion takliflarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish bo’yicha faoliyatini amalga oshiradi.
Laboratoriyaning asosiy vazifalari
- Viloyatda qishloq xo‘jaligi sug’oriladigan maydonlarda tuproqning meliorativ holatiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish;
- Suvdan va yerdan foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlab borish;
- Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respulikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish;
- Ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar va takliflarning Xorazm viloyati va tumanlar hokimliklari, suv xo‘jaligi tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari hamda aloqador boshqa tashkilotlar rahbar-xodimlari va mutaxassislariga taqdimotlarini qilib borish hamda bildirilgan fikrlar bo‘yicha ularni takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rish;
- Xorazm viloyati suv xo‘jaligi tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari hamda aloqador boshqa tashkilotlar rahbar-xodimlari va mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirishda qatnashish, hamkorlikda ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilish;
- Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va boshqa xo‘jalik shartnomalarini bajarish uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash, mablag‘larning samaradoriligini oshirish yuzasidan ilmiy xodimlarning mas’uliyatini oshirish;
- Soha bo‘yicha ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning malakasini oshirish, yosh olimlarni tayyorlash, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash;
- Ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan suv xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar tashkil qilish;
- Ilmiy-texnik yutuqlarni tizimli ravishda chop etish va targ‘ib qilish.
Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari
- Sug‘oriladigan maydonlarning sho‘rini yuvishda lazerli tekislash va sho‘rlangan yerlarda suv tejamkor sho‘r yuvish texnologiyalarini qo‘llashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
- Xorazm viloyati yengil tuproqli sharoitida subirrigatsiya tadbirlarini ilmiy tadqiq qilish, jarayonni innovatsion boshqarishni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- Xorazm viloyati turli xil tuproq-iqlim sharoitida yopiq yotiq va kombinatsiyalangan (yotiq va vertikal birlashgan) drenaj turlarini ilmiy tadqiq qilish, ularni keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy tavsiya ishlab chiqish hamda ularni onlayn boshqarish asoslarini amaliyotga joriy qilish;
- Mahalliy xom-ashyolardan arzon yopiq yotiq drenaj quvurlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini ilmiy tadqiq etish;
- Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq amaliy va innovatsion loyihalar tanloviga qo‘yish uchun tuproqni meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlar bo‘yicha taklif loyihalar tayyorlash.
Xodimlar
1. loborotoriya kichik ilmiy hodimi
Xo'janiyozov Rashid O'rinovichTel: +998 97 516 07 60
Email: