"Sug’orish va suvni tejaydigan texnologiyalar" laboratoriyasi haqida
Laboratoriya Xorazm viloyatida suv xo’jaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda sug‘orish va suvni tejaydigan texnologiyalarni loyihalash, joriy etish va qo‘llash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, tavsiyalar va innovatsion takliflarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish ishlarini amalga oshiradi.
Laboratoriyaning asosiy vazifalari
- Sug’orish va suvni tejaydigan texnologilarni joriy etish va ularni viloyat hududiga moslashtirish, Xorazm viloyati xokimligi, Chapqirg’oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (ITHB) va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda namunaviy ko’rgazmali poligonlar tashkil etish;
- Sug’orish va suvni tejaydigan texnologiyalarni loyihalash, jorish etish va qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalarni, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
- Sug’orish usullari va suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish va ulardan foyalanish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo’nalishida ilg’or xorijiy tajribani o’rganishni tizimli tashkil etish;
- Suv tejovchi sug’orish texnologiyalarini loyihalash, joriy etish va ularni ishlatish bo’yicha malakali mutaxassislar va soha olimlari tavsiyalari asosida qishloq ho’jaligi ishlab chiqaruvchilariga davriy ravishda sayyor o’qitish kurslarini hamda ko’rgazmali o’quv seminarlarni tashkil qilib, markaziy va hududiy teleradiokanallar hamda internet nashrlarida yoritib borish;
- Suv resurslarini havzalar va dala sharoitlarida barqaror boshqarishning ilg’or yondashuv, uslub va texnologiyalarini tadbiq qilish, hamda ularni Xorazm viloyatining turli tuproq sharoitida qo’llash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- Suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalari asosida qishloq xo’jaligi ekinlarining sug’orish me’yorlari va rejimlarini har xil tuproq-iqlim sharoitida tadqiqot qilish hamda sug’orish me’yorlari va rejimlari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari
- Tuproq, iqlim va ekin ma’lumotlari asosida qishloq xo’jalik ekinlarning suvga bo’lgan talabini aniqlash;
- Dala tajribalaridan olingan ma’lumotlar tahliliy natijalarini hozirgi Gidromodul boʻyicha rayonlashtirish usuli bilan taqqoslash va sug’orish rejimini aniqlshtirish;
- Xorazm viloyati sharoitida qishloq xo’jalik ekinlarining suv iste’molini maqbullashtirish hamda sug’orish texnika va texnologiyalarini takomillashtirishdagi chora-tadbirlarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- Tajriba o’rkazilgan maydonlardan olingan ma’lumotlar yordamida suv resurslaridan samarali foydalanish va sug’orish rejimini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- Tomchilatib sug’orish tizimidan foydalanuvchilarning geografik joylashuvini vizuallashtirish;
- Suv iste’molchilari, Agro klasterlar uchun maqbul suv hisoblash vositalarini o’rnatish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
- Xorazm viloyati sharoitida tomchilatib sug’orish texnologiyasida suv tindirgich inshootlarini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Xodimlar
Kichik ilmiy xodim:
Sadullaev Xikmat Shuhrat o'g'li
Tel: +99894 118 2024
Email: yusupov2024@gmail.com