Barcha yangiliklar RSS

Suv xo‘jaligida raqamli va innovatsion texnologiyalar

Suv xo'jaligida raqamli va innovatsion texnologilar laboratoriyasi haqida

     Laboratoriya Xorazm viloyatida suv xo’jaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ularni viloyat hududiga moslashtirish, suvdan foydalanish va suv iste'molidan foydalanish va suv iste'molida suv resurslarining hisbotini yuritishda respublikasda va xorijda ishlab chiqilgan zamonaviy ishlab chiqilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'rganish va ularni amaliyotga tadbiq etish ishlarini amalga oshiradi.

 

Laboratoriyaning asosiy vazifalari

 

  • Suv xoʻjaligida raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ularni viloyat hududiga moslashtirish; 
  • Raqamli va innovatsion texnologiyalar usullarini qoʻllab irrigatsiya tizimi va gidrotexnik inshootlarning ishonchli hamda xavfsiz ishlashining modeli va algoritmini yaratish; 
  • Nasoslarni raqamlashtirish va nasos agregatlarini masofadan boshqarish (oʻchirib yoqish)  orqali suv taqsimoti va suv taʼminotini yaxshilash; 
  • Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash, sizot suvlar sathi monitoringini olib borish, kollektor-drenaj suvlari hisobini, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning suv-tuz balansini yuritish tizimini raqamli texnologiyalarni joriy qilgan holda takomillashtirish; 
  • Meliorativ kuzatuv quduqlarida yer osti sizot suvlari monitoringini raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda «onlayn» rejimga oʻtkazish hamda yerlarning meliorativ holati, sizot suvlarning sathlari va minerallashuvi boʻyicha axborot tizimini yaratish va uni geoaxborot tizimi bilan integratsiyalash; 
  • Suv va suvdan foydalanishga doir maʼlumotlar bazalarini hamda monitoring tizimlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish hamda suv resurslarining avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimini yaratish; 
  • Davlat suv kadastrini yuritish tizimini va maʼlumotlar bazasini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida takomillashtirish hamda ularning shaffofligini taʼminlash; 
  • Suv resurslarini prognozlashda geoaxborot tizimini joriy qilish, suv zaxiralarining tezkor monitoring olib borish hamda prognoz maʼlumotlarining ishonchliligini oshirish; 
  • Suv iste’molchilarining suv olish joylarida belgilangan tartibda suvni boshqarish (darvoza yoki suvni ochish va yopishni ta’minlovchi qurilma) va hisobga olish maqsadida “onlayn” rejimda ishlaydigan raqamli qurilma ishlab chiqish. 

 

Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari

 

  • Irrigatsiya tizimlarida va suv iste’molchilarining suv olish joylarida “onlayn” rejimda ishlaydigan raqamli qurilma ishlab chiqish.
  • Suv xo’jaligida raqamli va innovatsion texnalogiyalarni joriy qilish natijalari va ularning samaradorligi hamda ularni kelgusida joriy qilishni takomillashtirish yuzasidan Xorazm viloyati hududida amalda bajarilgan ishlar to’g’risida ma’lumotlarni to’plash;
  • Xorazm viloyatida suvni tejaydigan raqamli va innovatsion texnalogiyalarni joriy qilish bo’yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish, tahlil qilish va dasturiy ta’minot yozish. 
  • Suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarining hisobotini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • Suvdan foydalanish va suv iste’moli to’g’risidagi hisobotlarni electron shaklda yuritishni ta’minlovchi dasturiy ta’minot yaratish;
  • Masofadan oligan ma’lumotlar (kosmik suratlar) asosida Xorazm viloyatining qishloq xo’jaligi maydonlarida yer osti suvlari dinamikasi, tuproq namligi va ekinlar rivojlanishini monitoring qilish;
  • Hududning suv bilan taʼminlanganlik darajasiga qarab qishloq xo’jalik ekinlari holatini baholash va olingan natijalar asosida raqamli tematik xaritalar yaratish; 
  • Masofadan ob’ektlarni zondlash texnologiyalari yordamida sugʻorish kanallarini va ularning suv bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilish; 
  • SMART WATER (aqlli suv) nazorat qurilmasi yordamida kanallarda suv hisobini yuritish va boshqarishdagi samaradorlikni oshirish hamda kompyuter dasturiy ta’minotini ishlab chiqish; 
  • Suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarining hisobotini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

  

 

Xodimlar

 

 

1. Laboratoriya mudiri. 


Durdiyev Haydar Matqurbonovich
Tel: +998 93 507 05 29

Email: durdiyev87@inbox.ru 


13-04-2024, 12:00
Ko'rishlar: 423
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”