“Tuproq va suv tadqiqotlari hamda meliorativ jarayonlar” laboratoriyasi haqida
Laboratoriya 2021 yilning avgust oyida faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, Xorazm viloyati suv xo‘jaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari bo‘yicha muammolarni aniqlash va ularning echimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish, hamda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar unumdorligini baxolash, sug’oriladigan maydonlarda tuproqlarning fizik-kimyoviy xossalarining o’zgarishi va tuproqlarni sho’rlanganlik va eroziyalanish darajasi to’g‘risidagi Xorazm viloyatida so’ngi yillarda olib borilgan ishlar tahlili mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.
Laboratoriyaning asosiy vazifalari
- Xorazm viloyatining sug’oriladigan maydonlarida tuproq sho’rlanish jarayonlarini va tuproqlar sho’rlanishini keltirib chiqaruvchi omillarni o’rganish;
- Tuproqlarni melioratsiya qilish usullarini aniq tuproq sharoitlari (fizik-kimyoviy xossalari va mexanik tarkibi) ga moslashtirgan holda o’rganish va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish;
- Suv va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy qilganda tuproqlar xolatiga taʼsirini nazariy va eksperimental asoslash yo’li bilan o’rganish va tavsiyalar ishlab chiqish;
- Tuproq himoya qilinadigan dehqonchilik tizimini yuritish, tuproqqa ishlov berish va sug’orish tartibotlari bo’yicha mavjud tavsiya va tadbirlarni tuproq sharoitlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirish;
- Tuproqlarni organik moddalar bilan boyitish va ularning kimyoviy, fizikaviy, agrokimyoviy, ekologik va meliorativ holatlarini yaxshilashning yangi samarador usullarini ishlab chiqish;
- Kollektor-zovur va er ocnb suvlarini sug’orishga yaroqliligini o’rganish.
Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari
- Kollektor-zovur suvlaridan sug’orish va sho’r yuvish maqsadida foydalaniladigan hududlarda tuproq va suv bilan bog’liq jarayonlarni ilmiy tadqiq etish;
- Viloyatning sho’rlangan turli xil tuproq sharoitlarida tomchilatib sug’orish texnologiyasini joriy qilishda tuproqdagi sho’rlanish jarayonining natijalarini ilmiy tadqiq etish;
- Turli tuproq sharoitlarida mineralizatsiya darajasi yuqori bo’lgan yer osti suvlaridan foydalanish jarayonlarini ilmiy tadqiq etish;
- Viloyatdagi qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar unumdorligini baxolash, xududlar bo’yicha sug’oriladigan tuproqlarning fizik-kimyoviy hossalarining turli omillar taʼsirida o’zgarishini o’rgangan xolda, jumladan suv taʼminoti taʼminlanmagan hududlarda kollektor-zovur suvlari bilan sug’oriladigan tuproqlarning sho’rlanishi va fizik-kimyoviy xossalarining o’zgarishiga ta’sirini o’rganish;
- O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq amaliy va innovatsion loyihalar tanloviga qo’yish uchun suv xo’jaligi sohasi muammolari yechimiga qaratilgan taklif loyihalar tayyorlash.
Xodimlar