“Suv sathi va sarfini o’lchovchi elektron uskuna ishlab chiqarish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish loyihasi

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy tadqiqot markazining O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 2023 yil 1 apreldan 2024 yil 31 martgacha bolgan davrda SMITM “Suv xo’jaligida raqamli va innovatsion texnologiyalar” laboratoriyasi muhandisi Elmurod Sobirov rahbarligida “Suv sathi va sarfini o’lchovchi elektron uskuna ishlab chiqarish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish loyihasi amalga oshiriladi. Shartnomaning moliyalashtirish miqdori 156 723 000 so’mni tashkil etadi.

 

 

Suv sathi va sarfini o’lchovchi (Aqlli suv) elektron uskuna suv xo‘jaligi sohasida (magistral, xo’jaliklararo va ichki xo’jalik) kanallari va suv is’temolchilarining (fermer xo’jaliklari, agroklasterlar) suv olish ariqlaridagi qurilgan gidropostlarda suvni sathini ultratovush sensor yordamida aniqlashga qaratilgan. Mazkur Aqlli suv uskunasi kanallar va suv is’temolchilarining suv olish ariqlaridagi gidropostlarda o’rnatilganda suvni sathini o‘lchash orqali onlayn rejimda maxsus dastur yordamida suv sarfini aniqlaydi va ma’lumotlarni masofadan tegishli tashkilot yoki raxbar xodimlarga etkazishga mo’ljallangan. Shu sababli Aqlli suv uskunasi suv hisobini yuritish va suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish imkoniyatini yaratadi.

     Loyihani amalga oshirish davrida 40 ta gidropost uchun Aqlli suv uskunasini tayyorlab berish rejasi belgilangan.


3-05-2023, 10:08
Ko'rishlar: 172
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”