“Irrigatsiya tizimi va o‘zan jarayonlari” laboratoriyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi bilan Davlatlararo Amudaryo irrigatsiya qanallari boshqarmasi o‘rtasida tuzilgan 2023 yil 9-iyundagi 1-sonli shartnomaga asosan 2023-2024 yillarda “Shovot qanallining Urganch shaxrini kesib o‘tuvchi qismida loyqa bosishidan ximoyalash va boshqa gidravlik ko‘rsatkichlarini belgilash bo‘yicha ilmiy tavsiya ishlab chiqish”mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyixasining birinchi bosqichi 2023 yil 1-martdan boshlab amalga oshirilmoqda.
Shovot kanalining  PK 240  da
  ilmiy xodiml
ar tamonidan  suv sarfini o‘lchash jarayoni
     Davlatlararo Amudaryo irrigatsiya qanallari boshqarmasi malumotlariga ko‘ra Shovot qanalining Urganch shaxrini kesib o‘tuvchi qismida xar yili o‘rtacha   80,0 - 100,0  ming m3  xajmdagi loyqadan tozalash ishlari uchun 1,5 - 2,0 mlrd. so‘m byudjet mablag‘lari sarflanmoqda.      
     Mazkur loyihaning maqsadi Shovot kanalining Urganch shahrini kesib o‘tuvchi qismida loyqa tozalash ishlari uchun saflanayotgan xarajatlarni kamaytirish,  uning o‘zanidagi oqiziqlarini maqbul xajmlarda saqlashni ta’minlash uchun gidravlik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
     Laboratoriya ilmiy xodimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha dastlabki natijasiga asosan kanalning xozirgi xolatiga nisbatan 178,9 ming m3hajmda loyqa bosganligi aniqlandi.
Shovot kanalining Urganch shaxrini kesib o‘tuvchi qismida PK 338  dagi loyka bosishi
     Mazkur ilmiy-tadqiqot loyixasining 2024 yilda  2- boskich ishlari yakunlari natijasida Shovot kanalining Urganch shaxrini kesib o‘tuvchi qismida loyqa bosishidan himoyalash, tozalash ishlari uchun sarflanayotgan mablag‘larni tejab qolish, qanalning shahar ichidan o‘tgan qismi jozibadorligini oshirish uchun laboratoriya ilmiy xodimlaridan tashkil etilgan ilmiy jamoa tomonidan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
22-10-2023, 17:10
Ko'rishlar: 76
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”