Suv xo'jaligida raqamli va innovatsion texnalogiyalar lobaratoriyasi

Smart Water(“Aqlli suv”)

 

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil  24 fevraldagi PQ-5005-sonli qaroriga asosan “Smart Water” (“Aqlli suv”) raqamli texnologiyasini ishlab chiqish hamda suv hisobini yuritish orqali suvni nazorat qilish yuzasidan vazifalar belgilangan. Jumladan, “Smart Water” (“Aqlli suv”) raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xo’jaligi ob’ektlari soni respublika bo’yicha jami 18 576 tagacha etkazilishi rejalashtirilgan.

 

            Ishning maqsadi: Xorazm viloyati sharoitidan kelib chiqib Smart Water(“Aqlli suv”) tizimini yaratish. Amudaryo irrigatsiya kanallari boshqarmasiga (UPRADIK) tegishli Xonqa tumanida joylashgan Qulobod kanali 53–piketidagi suv o’lchash gidropostiga ushbu qurilmani tajriba uchun tanlash. Suvni sarfini monitoringini olib borishda arzon, ixcham, zamonaviy tizim ishlab chiqish.

 

Rasm-1. Qulobod kanalidagi Smart Water qurilmasi.

 

            Tadqiqot vazifasi: 

  • Ortiqcha suv sarf bo’lmasligi uchun maxsus gidrometrik ko’priklarda vertushka yordamida suvni oqimini o’lchab shu qiymatni oqim yuzasiga nisbatan sarfini jadvalda chiqarish.
  • Smart Water qurilmasini yaratish shu bilan birga yuqoridagi bandda olingan jadvalga muvofiq ravishda Smart Water qurilmasini dasturiy ta’minot qismi uchun algaritm ishlab chiqib ma’lumotlar bazasiga muntazam bog’lanishni ta’minlash.
  • Sinov natijalariga ko’ra, ushbu qurilmani samarali deb topilgan vosita namunalari yuzasidan puxta asoslab berish shu bilan birga takliflar tayyorlash.

                

             Rasm-2. Smart water qurilmasi ko’rinishi.

Rasm-3. Qurilmaning elektron ko’rinishi.

 

 

Biz tajriba nishoni sifatida Kulobod kanalida joylashgan 53 – gidroposti tanlandi. Ayrim texnik kamchiliklar bartaraf etildi. Dasturiy ta’minot qismiga yangilanishlar kiritildi. Shu bilan birga Amudaryo Irrigatsion kanallar boshqarmasi tomonidan Smart Water qurilmasini talab etilgan meyorlarga muvofiq ekanligi tasdiqlandi. Qolaversa tajribamiz asosiy meyorlaridan biri Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligining 2021 yilgi “Suv resurslarini sath va sarf koʼrsatkichlarini onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi qurilmalarni yetkazib berish va oʼrnatish uchun texnik topshirig’i”ga tayangan holda olib borildi. 

 

 

 


Grafik-1. May oyidan Avgustgacha bo’lgan malumotlari.

 

 

Rasm-4. Dasturiy ta’minotining ko’rinishi.

 

 

Xorijiy hamkorlik: Germaniyaning Siemens Aktiengesellschaft (SAP) kompaniyasida ishlab hozirda nafaqaga chiqqan olim Helmi Beh bilan hamkorlikda Smart Water monitoring tizimini prototipi yaratildi. (5– Rasm)

 

Rasm-5. Qurilmaning tashqi ko’rinishi hamda sxematikasi.

 


28-12-2022, 14:38
Ko'rishlar: 265
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”