“Irrigatsiya tizimi va o‘zan jarayonlari” laboratoriyasi

“Irrigatsiya tizimi va o‘zan jarayonlari” laboratoriyasi

Amudaryo chap qirg‘oq ximoya inshootlarida ilmiy-tadqiqot ishlari
     SMITM  ilmiy  xodimlari tomonidan qisqa muddatli ilmiy dasturga asosan 2025-2027 yillar davomida “Amudaryo chap qirg‘oq ximoya inshootlarida dala tadqiqotlari o‘tkazish va ularning ishonchli ishlashi bo‘yichi ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishi rejalashtirildi.
     Mazkur tadqiqot ishidan maqsad Amudaryo chap qirg‘oqini ximoya qiluvchi inshootlarning mavjud xolatini o‘rganish va ularning ishonchli ishlashini taminlash maqsadida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
     Amudaryo Xorazm viloyatining Xazorasp, Bog‘ot, Xonqa Urganch, Yangibozor va Gurlan tumanlari xududidan o‘tadi. Viloyat ichidagi daryoning uzunligi 210 km. Viloyat xududida loyihaviy xolatiga ko‘ra 120 ta shpora mavjud. Asosiylari 1980-1992 yillarda qurilgan. 
Shporalarni qurishdan asosiy maqsad Amudaryo qirg‘oq bo‘yi  sug‘oriladigan yerlarni, aholi punktlarini, yo‘llarni va boshqa kommunikatsiyalarni suv bosishidan himoya qilishdir.
     Amudaryoning pastki qismi Tuyamo‘yin va Taxiatosh gidrotizimlari bilan tartibga solinadi. Xozirgi vaqtda Tuyamo‘yin GES ining quyi qismida suvning loyqalanishi ortib bormoqda. Daryo suvi oqimining o‘zgarishi daryo o‘zani va qirg‘oqlarini eroziyasiga olib keladi.
     Qirg‘oqnng yuvilishi sababi daryo oqimining qirg‘oqqa qarab ko‘ndalang urilishidir. Qirg‘oqqa  urilgan oqim uni pastga tushiradi va oqim bilan olib ketadi. Amudaryo suvining yo‘nalishi o‘zgartirib turishi va me’yordagidan ortiq suv oqishi xamda suv satxining doimiy o‘zgarib turishi natijasida, daryo tubining, qirg‘oqlarining va suvini tartibga solish uchun foydalaniladigan shporalarni yuvilishiga olib keladi. Buning natijasida qirg‘oqlar yemirilib shporalar yaroqsiz xolga keladi. Qirg‘oq yemirilishlarini oldini olish uchun qirg‘oqni ximoya qilish tuzilmalarini mustaxkam va rejali qilib ishlab chiqish kerak bo‘ladi. 1981 yili SANIIRI ilmiy-tadqiqot institutida eng yirik daryolardan biri Amudaryo o‘zanini ikki tomonlama rostlash plan-sxemasi ishlab chiqildgan va qisman amalga oshirilgan. O‘tgan vaqt davrida ayrim shporalar uzoq yillik ekspluatatsiya va daryo oqimining o‘zgarishi natijasida butunlay yo‘q bo‘lib ketgan. Aksincha qirg‘oq yuvilishi natijasida ayrim joylarga yangidan shpora va banketlar qurilgan.
1-rasm. Banketlarning yon qismi yuvilishi
2-rasm. Yangidan qurilgan banketlarning umumiy ko‘rinishi
     Bu xolat qirg‘oqni ximoya qilish inshootlarining yangi plan sxemasini ishlab chiqishni, tarkibiy qismini  va mavjud inshootlarning xolatini  o‘rganishni taqoza qilmoqda. Qurilgan himoya inshootlari ishlashini dala sharoitida o‘rganish, monitoring olib borish, ular ishini yaxshilash, kuzatuv natijalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish olib borilayotgan himoya ishlarining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Olingan natijalardan kelgusida inshoot turini tanlashda, konstruksiyalarini takomillashtirishda, ularni gidravlik, statik va filtratsiya hisoblarini bajarishda, inshootlarni joylashtirishda foydalanish mumkin. Mazkur tadqiqot ishida SMITM ilmiy xodimlari tamonidan GIS  texnologiyalari yordamida Amudaryo chap qirg‘oq ximoya inshootlarining ko‘p yillik qo‘smik suratlari asosida yillar kesimida o‘zgarish dinamikasi, chap qirg‘oq ximoya inshootlarining xozirgi kundagi plan sxemasini tuziladi.  Xar bitta inshoat bo‘yicha  bugungi kundagi  mavjud xolatini (maxalliy yuvilish chuqurligi, yuqori va pastki uyurma zonalar uzunligini)  daryo suv sarfiga va  satxiga boglangan xolda o‘rganiladi. Amudaryo chap qirg‘oqni yuvilishi bo‘yicha o‘rganilgan ma’lumotlar taxlil qilinib, ximoya inshootlarining ishonchli ishlashini taminlash  bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi
28-03-2025, 15:19
Sahifaga qaytish