2023 yil 19-yanvar kuni Urganch tuman hokimligi binosida “Xorazm viloyatida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning afzalliklari va imkoniyatlari” mavzusidagi ko‘rgazmali o‘quv seminari tashkil etildi


Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan seminarda viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi va Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi rahbarlari, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, viloyat bog‘dorchilik agentligi boshlig‘i, tuman qishloq xo‘jaligi va tuman irrigatsiya bo‘limi boshliqlari, tuman Agrobank xodimlari, agroklaster korxonalari rahbarlari, Maxsussuvpudrat DM korxonalari rahbarlari, paxta maydonlarida va bog‘-tokzorlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qiluvchi talabgor fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etishdi.

 

 

O‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) direktori, t.f.n. O.Eshchanov “Suv tejovchi texnologiyalarning turlari, afzalliklari va ularga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar” mavzusida taqdimot bilan qatnashdi. Shuningdek, seminarda SMITM ilmiy xodimlari U.Sharipov, X.Sadullaev, X.Masharipovalar ishtirok etishdi.

 

 

O‘quv seminarda viloyatda suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, suv tejovchi texnologiyalarni turlari, afzalliklari va ularga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari to‘g‘risida o‘quv seminar qatnashchilariga ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari seminarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qiluvchi quruvchi-pudratchi tashkilotlar tomchilatib va yomg‘irlatib sug’orish texnologiyalarini joriy qilishda viloyatdagi olib borilayotgan faoliyati va taklif va muammolar to‘g‘risida fikr almashdilar.  


30-01-2023, 16:25
Ko'rishlar: 112
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”