2023 yil 14 fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (UNDP) «O‘zbekistonda moslashuvning o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirilishini olg‘a surish uchun sektorlarga tayangan milliy moslashuv rejasi» loyihasi doirasida trening

   Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi, Gidrometeriologiya hizmati markazi hamda Yashil iqlim jamg’armasi homiyligida 2023 yil 14 fevral kuni Urganch shahri Karavan mehmonxonasi anjumanlar zalida “Iqlim o’zgarishi ta’sirini iqtisodiy baholash va moslashish jarayonida ustivor yo’nalishlarni belgilash” mavzusida trening tashkil qilindi. 

   Treningda turli soha mutaxassislari qatnashdilar, jumladan, Favqulotda Vaziyatlar vazirligi, Girometereologiya boshqarmasi, Qishloq xo’jaligi, Tibbiyot va Moliya boshqarmasi, Xorazm viloyati Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hodimlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) ilmiy xodimlari Hilola Masharipova va Hikmat Sadullayevlar ishtirok qilishdi. 

   Treningni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (UNDP) «O‘zbekistonda moslashuvning o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirilishini olg‘a surish uchun sektorlarga tayangan milliy moslashuv rejasi» loyihasinnig iqtisodiy baholash bo‘yicha konsultanti H.Saydaliev olib bordi. Treng davomida iqlim o’zgarinishi salbiy oqibatlarini yumshatish, turli xil moslashuv choralarini baholash va ustivor yo’nalishlarni belgilash mezonlari, reyting va ustivorlik usullari, moslashuv choralarini baholash kabi mavzularda tushuntirish olib borildi.

 

Shunigdek, SMITM ilmiy hodimi Hilola Masharipova trening o’tkazilishi yuzasidan Xorazm teleradiokompaniyasiga interv’yu berdi.


Скачать файл: sayt-uchun-seminar.pdf [684,71 Kb] (cкачиваний: 4)
Посмотреть онлайн файл: sayt-uchun-seminar.pdf

17-02-2023, 15:13
Ko'rishlar: 132
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”