2023 yil 15 iyun kuni Xonqa tuman irrigatsiya bo‘limi binosida tashkil etilgan seminarda Maxsus xizmat faoliyati muhokama qilindi

Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB tomonidan Xoqa tumani irrigatsiya bo‘limi binosida Suv xo‘jaligi Maxsus xizmati faoliyatini yaxshilash maqsadida viloyatdagi Maxsus xizmatlar raxbarlari va xodimlari uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. 

Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB Suv xo‘jaligi maxsus xizmatining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Quryazov seminar ishtirokchilarini viloyat suv xo‘jaligining Maxsus xizmatlari uchun tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar maqsadi to‘g‘risida tanishtirdi.

Shuningdek, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi direktori Odilbek Eshchanov va Markaz “Gidrometriya” laboratoriyasi mudiri Ibodulla Sultanovlar Maxsus xizmat faoliyatini yanada yaxshilash bilan bog‘liq fikrlarini bildirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 apreldagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 196-sonli qarorida suv xo‘jaligining maxsus xizmati:

- suv iste’molchilariga suv yetkazib berish va ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilishi;

- suv iste’molchilariga ajratilgan suv olish limiti doirasida suv yetkazib berishi, belgilangan tartibda uning hisobi va hisobotini yuritishi;

- suv iste’molchilarining bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashni hamda suvning hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirishni tashkil qilishi;

- suv iste’molchilarining buyurtmanomasi bo‘yicha boshqa suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatishi;

- suv xo‘jaligining maxsus xizmati tomonidan shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan mablag‘lar ho‘jaliklararo sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlardan doimiy va maqsadli foydalanish, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishga, bosh suv olish joylarini suvni boshqarish, hisobga olish vositalari bilan jihozlashga, suvning hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirishga, texnikalarni saqlash va ishlatish, xodimlarni, jumladan, mavsumiy jalb qilingan xodimlarni saqlashga hamda ularni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilgan.

Hozirgi kunda Xorazm viloyatida 11 ta suv xo‘jaligining Maxsus xizmati tashkil etilgan bo‘lib, 4 818 ta suv iste’molchilarining 257 ming gektar maydonlariga suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. 

Seminarda Maxsus xizmat faoliyati bo‘yicha ko‘rgazmali bannerlar orqali ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga Maxsus xizmat xodimlari tomonidan bildirilgan savol va fikrlar muhokama etildi.

 


16-06-2023, 15:07
Ko'rishlar: 110
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”