2023 yil 11-12 iyul kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti binosida

“Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash: Oʻzbekistonga eʼtibor qaratgan holda” mavzusida   seminar o’tkazildi


Xalqaro suv resurslarini boshqarish institutining (IWMI) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida 2023 yil 11-12 iyul kunlari TIQXMMI binosida “Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash: Oʻzbekistonga eʼtibor qaratgan holda” mavzusida seminar tashkil etildi.

 

Mazkur seminarda IWMI, TIQXMMI rahbarlari va doktorantlari, Davlatlararo suv xo’jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining Ilmiy-axborot markazi, Uzgidromet, Toshkent Milliy universiteti, O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM)  xodimlari ishtirok etishdi.

 

Seminarning maqsadi suv xavfsizligi masalalari va butun mintaqada va xususan, mamlakatda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish yo‘llarini, jumladan, O‘zbekistonda tabiiy yechimlarni (NbS) qo‘llash rolini muhokama qilishni kengaytirishdan iborat. Suningdek, seminarni tashkil etishdan maqsad ilmiy, tadqiqot, ta’lim va qarorlar qabul qiluvchi hamjamiyatlarning ekspertlari o‘rtasida fikr almashish uchun imkoniyat yaratish, bu mintaqadagi suv xavfsizligi bo‘yicha mavjud tushunchalar, ma’lumotlar va bilimlardagi bo‘shliqlar va oldinga siljish yo‘llarini muhokama qilishga yordam berishdir.

 

Seminarnig birinchi kunidagi o’tkazilgan tadbirda SMITM direktori O.Eshchanov Xorazm viloyati misolida “Suv iste’molchilarining suv resurslarini boshqarish va suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish: muammolar va ularning echimiga qaratilgan tavsiyalar”   mavzusida taqdimot qildi. 

Shu bilan birga 12-iyul kuni davom etgan seminar ishida “Sug'orish tarmoqlari va daryo havzalarida suvni hisobga olish vositalarini qollash va avtomatlashtirish” mavzusidagi
 1-Treningi o’tkazildi. Treningdan maqsad suv xo‘jaligi sohasida kadrlar malakasini yanada oshirish, ishtirokchilarni asosiy suv o‘lchash asboblari, ularning turlari va foydalanish maqsadlari (kanallarda joyni va turini tanlash, suv o‘lchash gidropostlarini qurish bosqichlari) bilan tanishtirishdan iborat. Suv hisobi tizimini takomillashtirish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, mintaqada suv hisobi va avtomatlashtirish sohasida fan yutuqlari va nou-xaularni joriy etish.

Shuningdek, 12-iyul kuni kunning ikkinchi yarmida “Suv resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish” mavzusida 2-Trening o’tkazildi. Mazkur Treningdan koʻzlangan maqsad suv xoʻjaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha malaka oshirish, yangi bilim va koʻnikmalarni egallash hamda mavjud bilim va koʻnikmalarni takomillashtirish, shuningdek, suv va yer resurslarini kuzatishning masofaviy usullari va maʼlumotlarini qoʻllashdan iborat. 

Ikkinchi kunda o’tkazilgan treninglarda SMITM Gidrometriya laboratoriyasi mudiri I.Sultanov va “Suv xo’jaligida raqamli va innovatsion texnologiyalar” laboratoriyasi muxandisi E.Sobirovlar ham ishtirok etdilar.


19-07-2023, 09:26
Ko'rishlar: 102
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”