“Quyi Amudaryo havzasida suv resurslarini boshqarish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida Nukus shahrida seminar bo‘lib o‘tdi.

2023 yil 16 avgust kuni Nukus shahri «Do‘stlik» mehmonxonasida Xalqaro Suv resurslarini boshkarish instituti (IWMI) Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari bo‘yicha maslahat guruhi (CGIAR) hamkorligida “Quyi Amudaryo havzasida suv resurslarini boshqarish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarni IWMI milliy tadqiqotchisi Sh. Kenjabaev olib bordi. Seminarda Baxitjan Xabibullaev - Orolbo‘yi Halqaro  innovasiya markazi direktori, Sagit Qurbanbaev ISMITI Qoraqalpog‘iston mintaqaviy markazi direktori,  Bunyod Xolmatov - IWMI loyiha rahbari kirish so‘zi bilan chiqish qildilar.

Seminarning maqsadi soha hodimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari mutahasislari va ekspertlari o‘rtasida mintaqadagi suv resurslari va uni samarali boshqarish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish orqali suv ta’minotini oshirish bo‘yicha fikr va mulohazalar almashishdan iborat.

  Seminar ishida IWMIDavlatlararo Suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining Ilmiy-axborot markazi (НИЦ МКВК), Orolbo‘yi Halqaro  innovasiya markazi, Qoraqalpog‘iston Suv Xo‘jaligi vazirligi Meliorativ ekspeditsiyasi  hodimlari, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya instituti Irrigasiya va Meliorasiya kafedrasi o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) direktori Odilbek Eshchanov va SMTIM “Sug‘orish va suvni tejaydigan texnologiyalar laboratoriyasi kichik ilmiy hodimi Sadullaev Hikmatlar ishtirok etishdi. 


Seminarda soha mutaxasislari tomonidan tayyorlangan taqdimotlar tinglandi, jumladan:

Orolbo‘yi Halqaro   innovasiya markazi direktori Baxitjan Xabibullaev - «Проделанная работа по развитию региона Приараля и повышению благосостояния населения», SMITM direktori Eshchanov Odilbek - «Tomchilatib va odatiy egatlab sug‘orish jarayonlarining sizot suvlari satxiga ta’sirini o‘rganish (Xorazm viloyati misolida)», IWMI loyiha rahbari Bunyod Xolmatov - «PyWR  modelini Amudaryo havzasida qo‘llanilishi», Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi  va agrotexnologiya instituti Irrigasiya va meliorasiya kafedrasi dotsenti Djumanazarova Altingul - «Полив селхозкултур с исползованием водосберегающих технологии», НИЦ МКВК direktori o‘rinbosari Sherzod Muminov «Hududiy suv xavfsizligini baholash: amaliy instrument», IWMI milliy tadqiqotchisi Kenjabaev Shavkat - «Suv-botqoq еrlardagi suv yuzasi maydonini aniqlash va xaritalash metodikasi (Sudoche ko‘llari tizimi misolida)», Qoraqalpog‘iston Meliorativ ekspeditsiyasi GAT mutahasisi Kasimova Kamila - «Об исползовании ГИС технологии при наблюдении УГВ» mavzusida taqdimot qildilar.

Seminar yakunida savol-javoblar bo‘yicha fikr almashildi. 



23-08-2023, 16:44
Ko'rishlar: 64
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”