2023 yil 16-17 avgust kunlari Urganch shahrida UNDP tomonidan “Barqaror qishloq xo‘jaligida aeroekologik va boshqa innovatsion yondoshuvlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamda Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida UNDP tomonidan Urganch shahri Karavan mehmonxonasi binosida qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari uchun 16-17 avgust kunlari seminar tashkil etildi. 

Seminar ishida UNDP, Xorazm viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, qishloq xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari, fermer xo‘jaliklari raxbarlari ishtirok etishdi. Seminar ishini qishloq xo‘jaligi fanlari doktori D.Egamberdieva olib bordi. 


Shuningdek, tadbirning ikkinchi kuni seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) direktori Odilbek Eshchanov va SMTIM “Sug‘orish va suvni tejaydigan texnologiyalar” laboratoriyasi kichik ilmiy hodimi Sadullaev Hikmatlar ishtirok etishdi. Kunning birinchi qismida SMITM direktori Odilbek Eshchanov “Ekinlarni sug‘orishda, suvdan samarali foydalanishda - suvni tejash texnologiyalari” va “Ekinlarni sug‘orishda tomchilatib sug‘orish tizimi” mavzularida seminar ishtirokchilariga taqdimot qildi. 

Taqdimot jarayonida va yakunida savol-javoblar hamda mavjud muammolar bo‘yicha fikr muloxazalar bildirildi.

Kunning ikkinchi kismida seminar ishtirokchilari Yangiarik tumani Gullanbog xududi Jorabek fermer xo‘jaligidagi tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan g‘o‘za dalasiga tashrif buyurdilar va amalda g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish tizimining ishlashi bilan bog‘liq jarayonni kuzatdilar.


23-08-2023, 16:49
Ko'rishlar: 93
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”