Xalqaro Suv resurslarini boshkarish instituti Xiva shahrida Xorazm viloyati suv xo‘jaligi tashkilotlari mutaxassislari hamda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlari uchun seminar tashkil etdi.

2023 yil 18 avgust kuni Xiva shahri «Farovon» mehmonxonasida Xalqaro Suv resurslarini boshkarish instituti (IWMI) Xorazm viloyati suv xo‘jaligi tashkilotlari mutaxassislari hamda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlari uchun seminar tashkil etdi.  

Oxirgi yillarda mamlakatimizda sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari doirasida keng ko‘lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, aholi sonining o‘sib borishi, tog‘lardagi muzlik maydonlarining qisqarishi, qishloq xo‘jaligi sug‘orma yerlarining kengayishi va iqlim o‘zgarishi ta’sirining keskinlashuvi oqibatida respublika hamda mintaqa suv ta’minotida murakkabliklar vujudga kelmoqda. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida o‘rtacha yillik suv sarfi iqtisodiyot tarmoqlarida iste’mol qilingan suv resurslarining qariyb 90% tashkil etib, yuqoriligicha qolmoqda. Yuqoridagi ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, umumiy maydoni 4,3 mln. ga ni tashkil etgan qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchiligda suvni tejamkorlik va oqilona foydalanish davr talabi. Chunki, asosiy daryolarda oqimning va yer osti suvlarining kamayishi hisobiga suv bilan ta’minlanganlik darajasi ham yildan-yilga pasaymoqda.

 

Seminarning maqsadi soha hodimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari mutahasislari va ekspertlari o‘rtasida mintaqadagi suv resurslari va uni samarali boshqarish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish orqali suv ta’minotini oshirish bo‘yicha fikr va mulohazalar almashishdan iborat. 

Seminar ishida IWMI, Davlatlararo Suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining Ilmiy-axborot markazi (НИЦ МКВК), Amudaryo havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi (BVO Amudaryo), Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (ITHB), Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Xorazm viloyati hududiy agroxizmat markazi, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) hamda Urganch Davlat universiteti xodimlari ishtirok etdilar.

Seminar ishini SMITM direktori O. Eshchanov olib bordi. Dastlab IWMI loyiha rahbari Bunyod Xolmatov seminar ishining maqsad va mohiyati to‘g‘risida kirish so‘zi bilan ma’lumot berdi.

Seminar kun tartibiga asosan Urganch davlat universiteti doktoranti
 M. Sultanov – “Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini geoinformatsion algoritmlar va aeroksomik  uslublarda modellashtirish”,
НИЦ МКВК direktori o‘rinbosari
 Sh. Muminov “Hududiy suv xavfsizligini baholash: amaliy instrument” (Xorazm viloyati misolida), SMITM direktori O. Eshchanov “Suv iste’molchilarining suv resurslarini boshqarish va suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishi: muammolar va ularning yechimiga qaratilgan tavsiyalar (Xorazm viloyati misolida)”, ITHB bo‘lim boshlig‘i M. Sobirov “Xorazm viloyatida suv resurslarini boshqarish va ulardan samarali foydalanish”, BVO “Amudaryo suv resurslarini boshqarish boshqarmasi bosh mutaxassisi G. Tilyavova “Amudaryoning transchegaraviy suv resurslarini boshqarishda BVO ning faoliyati to‘g‘risida” mavzularida taqdimot qildilar. 

Kunning birinchi qismida muxokama sessiyasida Amudaryo havzasidagi suv resurslarining umumiy holati hamda Xorazm viloyatida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va melioratsiya muammolari va ularni yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi va muayyan chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar bildirildi.

Kunning ikkinchi qismidagi muxokama sessiyasida Amudaryo havzaning quyi oqimida suv resurslarini boshqarish va ta’minlanganlik darajasini oshirishda mintaqaviy hamkorlikning roli muhokama etildi va savollarga javoblar berildi hamda seminar oxirida yakuniy taklif va mulohazalar bildirildi.

2023 yil 19 avgust kuni Xiva shahrida IWMI tomonidan Xorazm viloyati suv xo‘jaligi tashkilotlarining GAT mutaxasislari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlari uchun “Suv xo‘jaligiga zamonaviy geoaxborot va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish” mavzusida Trening tashkil etildi.

Treningda IWMI, NIS MKVK xodimlari, ITHB GAT mutaxassislari,  SMITM hamda Urganch Davlat universiteti ilmiy xodimlari ishtirok etdilar.



Barqaror rivojlanish yo‘lida zamonaviy geoaxborot va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish taraqqiyotga erishish uchun eng qisqa yo‘ldan borish imkonini beradi. Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar, axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar barcha sohalarda, jumladan, qishloq va suv xo‘jaligida ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Treningdan ko‘zlangan maqsad suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha soha mutahasislari va yosh olimlarning malakasini oshirish hamda mavjud bilim va ko‘nikmalarini, shuningdek, suv va yer resurslarini kuzatishning masofaviy usullari va agrometeorologik ma’lumotlarini olish, ularni taxlil qilish bo‘yicha amaliy bilimlarini oshirishdan iborat.

Trening ishini IWMI milliy tadqiqotchisi Sh.Kenjabaev olib bordi. Dastlab IWMI loyiha raxbari B.Xolmatov Trening ishining maqsad va mohiyati to‘g‘risida ma’lumot berdi, hamda SMITM direktori O.Eshchanovlar Treningda kirish so‘zi bilan Trening yuzasidan fikr bildirdi.

Taqdimotlarni  IWMI xodimlari trening ishtirokchilariga kun tartibiga asosan taqdim etib bordilar, jumladan:

IWMI loyiha rahbari Bunyod Xolmatov - «PyWR  modelini Amudaryo havzasida qo‘llanilishi», IWMI milliy tadqiqotchisi Kenjabaev Shavkat - «Suv-botqoq yerlardagi suv yuzasi maydonini aniqlash va xaritalash metodikasi (Sudoche ko‘llari tizimi misolida)», “Masofadan zondlash va GIS-batimetriya orqali suv havzalarini monitoring qilish”,  “Metod razbavleniya soley dlya zamera rasxod vodы malыx rek i ruchev”, “Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan (tashlandiq) yerlarni aniqlashda zamonaviy kosmik ma’lumotlardan foydalanish istiqbollari”, “Biofizik hamda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida ekin hosildorligini prognozlash”, “Sug‘orishni rejalashtirishda  AquaSrop dasturiy ta’minotidan foydalanish”, “ETo kalkulyatori yordamida potensial evapotranspiratsiyani hisoblash” mavzularida taqdimot qildilar.

Taqdimotlar jarayonida va yakunida savol-javoblar, hamda muxokamalar tarzida o‘tdi.

Shuningdek, ikki kunlik tadbir yakuni bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan seminar va trening foydali va samarali o‘tkazilganligi va kelgusida bunday tadbirlarni doimiy tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi. 



23-08-2023, 16:54
Ko'rishlar: 136
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”