Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyatining 30-yilligiga bag‘ishlangan “Iqlim o‘zgarishlari sharoitida Amudaryo daryosi havzasi bo‘yicha suv resurslarini samarali taqsimlash” mavzusida trening o‘tkazildi.
Shuningdek, Trening ishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) direktori O.Eshchanov, SMITM Irrigatsiya tizimlari va o‘zan jarayonlari laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi O.Quryazovlar ishtirok etdi.
Bundan tashqari НИЦ МКВК mutaxassislari tomonidan suvni samarali taqsimlash va suv hisobini yuritish uchun texnik vositalar, axborot tizimlari, platformalar va boshqalar haqida taqdimot qilishdi.
Treningning ikkinchi tematik qismida IWMI milliy tadqiqotchisi Sh.Kenjabaev moderatorlik qildi va ushbu tematik sessiyada IWMI xodimlari tomonidan taqdimotlar qilindi.
O‘quv-treningda har bir taqdimotdan so‘ng dolzarb masalalar muhokama qilinadigan guruh mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Muhokamalar davomida suv hisobiga oid muammoli masalalar, axborot platformalaridagi kamchiliklar va boshqalar aniqlandi.
Tadbir yakunida Trening ishtirokchilari tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, BVO Amudaryo ning barcha hududiy tashkilotlari xodimlarini kelajakda shu kabi o‘quv seminarlari bilan tez-tez qamrab olishni so‘rashdi.
Shuningdek, joriy yil 29 sentyabr kuni “Suv xo’jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish” mavzusida Urganch Davlat universiteti olimlari uchun trening o‘tkazildi.
Barqaror rivojlanish uchun raqamli bilim va axborot texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirish zarur, bu esa har tomonlama taraqqiyotga erishishning eng qisqa yo‘lidan borish imkonini beradi. Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda, jumladan, suv xo‘jaligida ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Treningni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad suv xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha mahalliy ilmiy xodimlarning malakasini oshirish, yangi bilim olish va mavjud bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish, shuningdek, suv va yer resurslarini masofadan turib kuzatish usullarini qo‘llash va maʼlumotlarni taxlil qilish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.
Mazkur Trening ishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) direktori O.Eshchanov, SMITM Irrigatsiya tizimlari va o‘zan jarayonlari laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi O.Quryazov hamda SMITM sug’orish va suv tejovchi texnologiyalar laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Sadullaevlar ishtirok etdilar.