Suvchilar maktabi (Seminar)
Suv xoʻjaligi vazirligida “Suvchilar maktabi”
2-bosqich oʻquv dasturi boʻyicha seminar tashkil etildi
Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent Irrigatsiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti hamda Agrobank hamkorligida “Suvchilar maktabi”, shu jumladan har bir viloyatda hududiy markazlari tashkil etildi.
Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad - suvdan foydalanuvchilar (xususan dehqon va fermerlarni) suvdan foydalanish madaniyatini oshirish va shu orqali yuqori hosildorlikka erishish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berish hisoblanadi.
2024 yil 23-24 yanvar kunlari Toshkent shahri, Suv xo’jaligi vazirligi binosida “Suvchilar maktabi” ning 2-bosqichini yo’lga qo’yish va oʻquv dasturi boʻyicha fermer xoʻjaliklari va agroklasterlar rahbarlariga Suvchilar maktabining hududiy maktablarida dars oʻtadigan professor-oʻqituvchilar hamda malakali mutaxassislar tomonidan muloqot oʻtkazildi.
Seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) direktori O.Eshchanov hamda SMITM direktor o‘rinbosari U.Sharipovlar ishtirok etishdi. Seminarda “Suv resurslari va ulardan foydalanish tartibi, shartnomaviy munosabatlar”; “Suvni boshqarish, suvning hisobi va hisobotini yuritish”; “Suv xoʻjaligi xizmatlari, suv soligʻi”; “Viloyat va tumanlarning tuproq sharoiti”; “Ekinlarning suvga bo'lgan talabi”; “Sugʻorish muddati va meʼyori haqida” shuningdek, hududlarda tomchilatib va yomg'irlatib sug'orish texnologiyasini joriy qilish uchun talab etiladigan zarur shart-sharoitlar va ekin turlari. "Sprinkler" va keng qamrovli yomg'irlatib sug'orish texnologiyalari tizimini ishga tushirish tartibi mavzulari yuzasidan malakali mutaxassislar tomonidan taqdimot qilindi. Seminar savol-javob va muhokamalarga boy tarzda oʻtkazildi.