Suvchilar maktabi (Seminar)
Xorazm viloyati "Suvchilar maktabi" da amaliyot darslari
"Suvchilar maktabi" o'quv kursida nazariy darslar bilan birgalikda amaliy ko'nikmalarga ham ega bo'lish mumkin. Amaliy darslar davomida tinglovchilar suvni boshqarish, suv hisobotini yuritish, shuningdek tomchilatib, yomg'irlatib sug'orish texnologiyasi tizimidan foydalanish kabi amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishmoqda. 2024 yil 15 fevral kuni "Suvchilar maktabi" tinglovchilari uchun Xonqa tuman Madir qishlo’gida amaliy seminar o’tkazildi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) “Gidrometriya” loborotoriyasi mudiri v.v.b. Sultonov Ibodullo hamda SMITM AKT bo’yicha mutaxassisi Sobirov Elmurod SMITM tomonidan ishlab chiqilgan Aqlli Suv “Smart Water” qurilmasi haqida "Suvchilar maktabi" tinglovchilari uchun amaliyot darslarini o‘tishdi.