Nukus shahrida Climate Smart “Yashil” Startaplar uchun biznes incubator offlayn seminar o`tkazildi.

USAID ning Orol dengizining qurigan tubida ekotizimni tiklash (ERAS-II) loyihasi doirasida O`zbekistonda startaplar uchun amalga oshirilmoqda. 

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi dasturning O'zbekistondagi milliy hamkori hisoblanadi. Dastur Qoraqalpog'istonning Mo'ynoq va Nukus tumanlarida "yashil" texnologiyalar sohasida innovatsion yechimlarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va malakasini oshirishga qaratilgan.

29 va 30 mart kunlari Nukus shahrida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi olimlar, fermerlar va texnopark vakillari hamda O'zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Orolbo'yi xalqaro innovatsion markazi (IICAS) vakillari bilan dastur seminarlari va uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) AKT bo’yicha mutaxassisi, “Suv sathi va sarfini o`lchovchi elektron uskuna ishlab chiqarish” loyihasi rahbari Sobirov Elmurod Rasul o`g`li Aqlli suv qurilmasi startapining asoschisi va Offlayn seminar ishtirokchisi sifatida ishtirok etdi.

4-04-2024, 20:38
Ko'rishlar: 109
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”