Urganch shahrida FAO loyihasi va Xorazm viloyati suv xo’jaligi soha vakillari o‘rtasidagi hamkorlikdagi ishlar yuzasidan seminar tashkil etildi.

        Joriy yilning 30 aprel kuni BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning vakillari Xorazm viloyatidagi irrigatsiya tizimining holati, shuningdek "Toshsaka tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini qayta tiklash" loyihasi 1-bosqich ishlari yakunlarini o‘rganish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi. FAO tomonidan Global ekologik jamg‘arma moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg’oqchil va sho’rlangan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish “CACILM-2” loyihasining O‘zbekistondagi vakillari tomonidan Xorazmdagi sug‘orish tizimining faoliyatini baholash, hamda "Islom taraqqiyot banki" bilan irrigatsiya tizimini modernizatsiya, reabilitatsiya qilish bo‘yicha keyingi texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ham maqsad qilingan.

2024 yil 30 aprel kuni Urganch shahri Karavan mehmonxonasi binosida FAOning Qishloq xo‘jaligidagi suv resurslarini boshqarish bo‘yicha Missiya guruhi rahbari, FAO Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi rahbari Maher Salman, va guruh a’zolari  Er va suv bo'limi bo'limi xodimi Eva Peck, Irrigatsiya muhandisi Waqas Ahmad hamda FAO CACILM -2 va FOLUR loyihasining O‘zbekistondagi vakillari Mintaqaviy dasturlar koordinatori Makhmud Shaumarov, Loyihaning milliy menejeri Muhammadjon Kosimov, FOLUR loyihasi milliy menejeri Azizbek Nurbekov va boshqa onlayn rejimda ishtirokchilar qatnashdi.

Seminar ishida Chapqirg‘oq Amudaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda Xorazm viloyati Qishloq xo’jaligi boshqarmasi rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi direktori O.Eshchanov ishtirok etishdi.

FAOning Qishloq xo‘jaligidagi suv resurslarini boshqarish bo‘yicha Missiya guruhining Toshsaka kanalini baholash bo'yicha ishlari joriy yilning 3 may kunigacha suv xo’jaligi ob’ektlarida davom etadi.

     Seminar ishtirokchilari "Toshsaka tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini qayta tiklash" loyihasi 1-bosqich ishlari yakunlari bo‘yicha loyiha samaradorligini baholash va kelajakda loyihaning 2-bosqichida Xalqaro tashkilotlar, milliy ekspertlar va mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda suv resurslarini tejash, kanallarni betonlashtirish, suv xo‘jaligi ob’ektlarini boshqarishni monitoring qilish yuzasidan qilingan taqdimotlarni muxokama qildilar. Shu bilan birga seminarda loyihaning 2-bosqichini tashkil etish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.
2-05-2024, 16:41
Ko'rishlar: 103
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”