27-29 may kunlari Toshkent shahrida “Suvchilar maktabi”ning tajriba maydonlariga mas’ul qilib belgilangan xodimlarni “Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish” bo‘yicha malakasini oshirish kursi tashkil etildi

     Joriy yilning 27-29-may kunlari Toshkent shahrida “Suvchilar maktabi” ning hududiy menejerlari hamda Respublikaning 13 ta hududida tashkil  etilgan tajriba maydonlariga ma’sul qilib belgilangan xodimlar uchun “Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish” bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.
     Mazkur o‘quv kursi Suv xo‘jaligi vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti professor o‘qituvchilari, “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyixasi mutaxassislari hamda  Turkiya davlatidan jalb qilingan mutaxassislar tomonidan olib borildi.
     Shuningdek ushbu nazariy hamda amaliy tarzda tashkil etilgan malaka oshirish kursida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) “Suv  xo‘jaligida  raqamli   va innovatsion  texnologiyalar” laboratoriyasi mudiri H.Durdiev ham ishtirok etdi.
     Malaka oshirish kursi doirasida ishtirokchilar “Suvchilar maktabi”ning Toshkent viloyatida joylashgan O‘rta Chirchiq tumanidagi tajriba maydoniga hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi klaster hududida amaliy bilimlarni olishdi. Bu yerda ishtirokchilar tomchilatib, yomg‘irlatib va diskret sug‘orish texnologiyasi tizimining asosiy tarkibiy qismlari va ularning vazifalari hamda sug‘orish tizimlarini ishlatish borasida ma’ruzalar tinglashdi.
     Malaka oshirish kursi yakuni bo‘yicha viloyatlardan jalb qilingan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

5-06-2024, 12:47
Ko'rishlar: 108
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”