“SUV HISOBINI YURITISHNING ZAMONAVIY USULI” DALA TRENINGI TASHKIL ETILDI.
2024 yilning 11 iyul kuni Halqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) hamkorligida Urganch tumani Tadqiqotchilar mahallasi xududida joylashgan PSUEAITI Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi dala maydonida “Suv hisobini yuritishning zamonaviy usuli” mavzusida ko‘rgazmali dala treningi tashkil etildi.
Treningda IWMI milliy tadqiqotchisi, loyiha rahbari Sh.Kenjabaev, "Smart solutions system" MChJ mutaxasssisi J.Muxtarov, Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi direktori R.Karimov, Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB mutaxassislari, tumanlar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining gidrometrlari hamda SMITM ilmiy xodimlari ishtirok etishdi.
Dala trening ishini IWMI milliy tadqiqotchisi, loyiha rahbari Sh.Kenjabaev olib bordi. Shuningdek dala treningida Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB bosh mutaxassisi M.Sobirov, SMITM direktori O.Eshchanov, Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi direktori R.Karimovlar trening mavzusi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
Shundan so‘ng Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi hududida tashkil etilgan IWMI tajriba dalasi ichki sug‘orish tarmog‘ida "Smart solutions system" MChJ mutaxasssisi J.Muxtarov IWMI moliyaviy ko‘magida qurilgan “O‘zgarmas-o‘zan” gidropostida suv tezligini o‘lchaydigan portativ elektromagnitli MGG/KL-DCB tipdagi gidrometrik vertushkani ishlatish bo‘yicha ma’lumot berdi va vertushkaning ishlar tartibi bilan tanishtirdi hamda mavjud sharoitda vertushka yordamida suvning tezligi va suv sarfini o‘lchab ko‘rsatdi.
“Orolbo‘yi hududida qishloq aholisining turmush sharoitini yaxshilash va transchegaraviy hamkorlik uchun resurslardan barqaror foydalanish” (Sustainable Resource use in the Aral Sea Region for Improving Rural Livelihoods and Cross-Border Cooperation - Phase-2) mavzusidagi loyiha doirasida 1 dona portativ elektromagnitli MGG/KL-DCB tipdagi gidrometrik vertushka xarid qilinib, IWMI nomidan SMITM ga topshirilgan.
Trening ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Shuningdek trening ishtirokchilari navbat bilan o‘zlari portativ elektromagnitli MGG/KL-DCB tipdagi gidrometrik vertushkani ishlatib suv sarfi bzyicha natijalarni qayd etishdi.
Sh.Kenjabaev suv tezligini o‘lchaydigan portativ elektromagnitli MGG/KL-DCB tipdagi gidrometrik vertushkada suv sarfini o‘lchash va olingan ma’lumotlar asosida Q=f(H) ishchi grafigini ishlab chiqish bo‘yicha trening ishtirokchilariga o‘z bilim va tavsiyalarini berdi.
Bundan tashqari SMITM Gidrometriya laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi I.Sultanov GR-21M tipdagi vertushka bilan suv tezligini aniqladi va suv sarfini hisoblashdi. Olingan natijalar ko‘rsatdiki har ikkala vertushka yordamida aniqlangan suv sarflari deyarli bir xil, farq juda kichikligini ko‘rsatdi. Hozirgi kunda suv xo‘jaligi sohasida gidrometrlar asosan GR-21M tipdagi vertushkalardan foydalanishadi. Trening natijalari ko‘rsatdiki, suv hisobini yuritishda zamonaviy usulda portativ elektromagnitli MGG/KL-DCB tipdagi gidrometrik vertushkalarni ishlatish gidrometrlar ishini yengillatish bilan birga vaqtni ham tejaydi. Trening ishtirokchilari suv hisobini yuritishda zamonaviy usuldan foydalanish zamon talabi ekanligini qayd etishdi.
Shu bilan birga, bugungi kunda suv hisobini olib borishda hujjatlarni yuritish tartibi va “Suv yetkazib berish xizmati” tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.