Qo‘shko‘pir suv xo‘jaligi va melioratsiya” kollejida “2024-2025 yil sho‘r yuvish mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari” mavzusida seminar

Joriy 2024 yilning 25 sentyabr kuni “Ko‘shko‘pir suv xo‘jaligi va melioratsiya” kolleji binosida Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) tashabbusi bilan Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB hamkorligida “2024-2025 yil sho‘r yuvish mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari” mavzusida viloyat va tumanlar meliorativ ekspeditsiyasi mutaxassislari uchun o‘quv seminar tashkil etildi. 

Seminarda Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) ilmiy hodimlari, Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB, viloyat va tumanlar meliorativ ekspeditsiyasi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi. 

Seminar kun tartibi bo‘yicha kirish qismida SMITM direktori O.Eshchanov va viloyat meliorativ ekspeditsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Abdrimov so‘zga chiqib seminar o‘tkazish maqsadi 2024-2025 yillar uchun sho‘r yuvish mavsumini samarali tashkil etish uchun tumanlar meliorativ ekspeditsiyasi mutaxasislarining malakasini oshirishdan iboratligi qayd etildi. 

Seminar kun tartibiga asosan viloyat meliorativ ekspeditsiyasi bosh mutaxassisi Y.Polvonov “Sho‘rlanish darajasini baholash va sho‘r yuvishning samaradorligini oshirish”, SMITM direktor o‘rinbosari U.Sharipov “Meliorativ holati yomon sho‘rlangan yerlardan foydalanishda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi”, SMITM “Melioratsiya va kollektor-drenaj tarmoqlari” laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi R.Xo‘janiyazov “Sug‘oriladigan  yer maydonlarida sho‘r yuvishda kollektor-zovur suvlaridan takroriy foydalanish va ekinlarni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilganda tuproq meliorativ holatiga taʼsiri to‘g‘risida” hamda  SMITM direktori O.Eshchanov  “Xorazm viloyati tuproq sharoitida sho‘r yuvish muddatlarini belgilash va lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislangan maydonlarda dalalarni chek (chel) olib pollarga bo‘lish o‘lchamlarining sho‘r yuvish meʼyorlariga taʼsirini o‘rganish” ilmiy tadqiqot loyihasining bajarilishi va dastlabki natijalari to‘g‘risida taqdimot qildilar. 


Seminar yakunida tumanlar meliorativ ekspeditsiyasi mutaxassislari bilan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi va ishtirokchilar tomonidan lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislangan maydonlarda dalalarni chek (chel) olib pollarga bo‘lish o‘lchamlarining sho‘r yuvish meʼyorlariga taʼsirini o‘rganish loyihasi yuzasidan takliflar berildi. 


Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmasi va Agrobank ATB grant mablag‘lari  asosida “Xorazm viloyati tuproq sharoitida sho‘r yuvish muddatlarini belgilash va lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislangan maydonlarda dalalarni chek (chel) olib pollarga bo‘lish o‘lchamlarining sho‘r yuvish meʼyorlariga taʼsirini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy amaliy loyihasi doirasida o‘tkazildi.



26-09-2024, 10:53
Ko'rishlar: 105
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”