Toshkent shahrida manfaatdor tomonlarning Orol dengizi havzasidagi suv-energetika-oziq-ovqat-ekologiya masalalariga bag‘ishlangan “NEXUS GAINS” Yutuqlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

     2024 yilning 14 noyabr kuni Toshkent shahridagi “PANARAMS” mehmonxonasida Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish xalqaro institutining (IWMI) O‘zbekistondagi hududiy vakolatxonasi va Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari bo‘yicha qo‘shma maslahat guruhi (CGIAR) bilan birgalikda manfaatdor tomonlarning Orol dengizi havzasidagi suv, energetika, oziq-ovqat, ekologiya masalalariga bag‘ishlangan “Nexus yutuqlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
     NEXUS - suv, energiya va oziq-ovqat resurslari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik tushunchasini anglatadi. Suv, energiya va oziq-ovqat o‘rtasidagi munosabatlar murakkab, shuning uchun bu hayotiy resurslardan foydalanishni optimallashtirish uchun o‘zaro kelishuvlarni topish va kompleks yondashuvni talab qiladi. VEP Nexus tegishli sektorlar o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ta’sir omillari o‘rtasidagi muvozanatni hisobga olgan holda muvofiqlashtirish orqali barqaror va samarali resurslarni boshqarishni ta’minlashga yordam beradi.
     Bugungi kunda dunyo o'zaro bog'liq bo'lgan ko'plab global muammolarga duch kelmoqda, bunda iqlim o'zgarishi va biologik xilma-xillikning yo'qolishi eng dolzarb hisoblanadi. Bu muammolar 21-asrda iqtisodiy o'sish, oziq-ovqat, suv va energiya xavfsizligi, turmush tarzi va inson salomatligiga bevosita ta'sir qiladi.
     CGIAR NEXUS Gains tashabbusi suv, er, energiya, o'rmonlar va biologik xilma-xillik o'rtasidagi chuqur o'zaro bog'liqlikni tan oladi, ular oziqlanish, salomatlik, oziq-ovqat xavfsizligi, qashshoqlikni qisqartirish, turmush tarzi, iqlim o'zgarishiga moslashish va ularni yumshatish, shuningdek, atrof-muhit salomatligi va ekotizimlar uchun muhim ahamiyatga ega.
     Seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti, Qozog‘iston, Qirg‘izston, Tojikiston va O‘zbekiston oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, hamda xalqaro tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
     Shu jumladan seminar ishda IWMI rahbariyati taklifiga asosan SMITM direktori O.Eshchanov ishtirok etdi.
     Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad Orol dengizi havzasidagi “NEXUS GAINS”  tashabbusining asosiy yutuqlari va natijalarini ko‘rsatish, bunda suv, oziq-ovqat, energiya va atrof-muhit bo‘yicha integratsiyalashgan yechimlarga e’tibor qaratish, hukumat, ilmiy soha vakillari, xususiy sektor va tadqiqot institutlarining manfaatdor tomonlarini jalb qilgan holda mintaqada hamkorlik qilish va Nexus yondashuvlarini kengaytirish uchun istiqbolli sohalarni o‘rganish va aniqlash, mintaqadagi boshqa mamlakatlar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan bilimlar va ilg‘or tajribalar  almashinuviga ko‘maklashish uchun turli sohalardagi vakillar, jumladan, vazirlik va idoralar, ilmiy tadqiqotchilar va NNT lar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
     Seminar kun tartibiga asosan dastlab taqdimotlar qilindi va kunning ikkinchi yarmida tadbir ishtirokchilari guruhlarga bo‘linib Markaziy Osiyo mintaqasidagi va mamlakatlardagi mavjud muammolar, jumladan, ekologiya, iqlim o‘zgarishi, suv hamda oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bo‘yicha baxs va munozaralarda faol ishtirok etishdi.

18-11-2024, 15:37
Ko'rishlar: 46
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”