Toshkent shahrida marxum V.A. Duxovniyning 90-yilligi, N.K. Qipchoqboevning 90 yilligi va R.A. Geniyatullinning 80 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

     2024 yilning   8-noyabr kuni Davlatlararo Suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining Ilmiy-axborot markazi (НИЦ МКВК) tamonidan Toshkent shahridagi “PANARAMS Toshkent” mehmonxonasida tashkil qilingan marxum V.A. Duxovniyning 90-yilligiga, N.K. Qipchoqboevning 90 yilligi va R.A.Geniyatullinning 80 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
     Konferensiyada Suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamroyev, Vazir maslaxatchisi I. Jo‘rabekov, soxa mutaxasislari, ekspertlar va yosh olimlar ishtiroq etdi.
     Shu bilan birga НИЦ МКВК rahbariyati taklifiga asosan SMITM “Irrigatsiya tizimlari va o‘zan jarayonlari laboratoriyasi” mudiri  I. Qalandarov ishtiroq etdi.
     Konferensiyada xozirgi davrda soxadagi muammolar, suv, oziq-ovqat, energetika va ekosistemalar o‘rtasidagi bog‘liqligining ahamiyati muhokama qilindi. Konferensiyada yuqoridagi masalalar bilan bog‘liq 20 dan ortiq ma’ruza va chiqishlar tinglandi.

18-11-2024, 15:40
Ko'rishlar: 30
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”