“Sholi etishtirishda suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish” mavzusida o’quv amaliy seminar

2021 yil 25 iyun kuni Yangibozor tumani Xorazm faxri fermer xo’jaligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevraldagi “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4973-sonli qarori topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Sholi etishtirishda suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish” mavzusida o’quv amaliy seminari o’tkazildi.

 

Seminarda qishloq xo’jalik ekinlari navlarini sinash markazi direktori Sh.Nurmatov, Urug’chilikni rivojlantirish markazi direktori R.Xakimov, Sholichilik ilmiy-tadqiqot institute direktori M.Sattorov, V’etnam qishloq xo’jaligi akademiyasi selektsiyoner mutaxassisi Nxa Pam Van, Qoraqalpog’iston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi, suv xo’jaligi vazirligi rahbar va mutaxassislari, sholichilik klasterlari va yirik sholi etishtiruvchi fermerlar, shuningdek Xorazm viloyati qishloq xo’jaligi va suv xo’jaligi tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari, tumanlar qishloq xo’jaligi va tuman irrigatsiya bo’limi boshliqlari, hamda boshqa vazirliklar xodimlari va ommaviq-axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

 

O’quv amaliy seminar ishida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi direktori O.Eshchanov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Seminar yakunida Markaz direktori O.Eshchanov Xorazm 24 televideniyasi muxbirlariga seminar mavzusiga doir interv’yu berdi.  


25-06-2021, 11:49
Ko'rishlar: 115
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”