Sayyor o‘quv-seminari
2022 yil 16 fevral kuni Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani Suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishining 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida suv xo‘jaligi mutaxassislari va fermer xo’jaliklari rahbarlarining malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli sayyor o‘quv-seminari tashkil etildi.
Sayyor o‘quv-seminarida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot-tahlil va resurs markazi boshlig‘i o’rinbosari A.Mangliev, Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, tuman irrigatsiya bo‘limlari rahbarlari va mutaxassislari, fermer xo‘jalik rahbarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot Markazi direktori O.Eshchanov ishtirok etdilar.
Shu bilan birga Markazi direktori O.Eshchanov o‘quv-seminarida tomchilatib hamda yomg’irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bilan bog’liq jarayonlar to’g’risida taqdimot qildi.