Sayyor o’quv seminar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-144-son qarori ijrosi yuzasidan Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini etishtirishda suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalarini joriy qilish va ulardan foydalanish bo’yicha o’quv dasturi asosida suv xo’jaligi va fermer xo’jaliklari rahbarlarini soha bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida 2022 yil 16 mart kuni Qo’shko’pir tuman hokimligi binosida respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor o’quv seminari o’tkazildi. 

 

 

O’quv seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining professorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot Markazi (Markaz) ilmiy xodimlari, hamda Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi rahbarlari va mas’ul mutaxassislari, viloyat fermer xo’jaligi rahbarlari, suv tejovchi texnologiyalar ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

 

 

 

Shuningdek, o’quv seminar ishida Markaz direktori O.Eshchanov tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan maydonlarda ekinlarni sug’orish va mineral o’g’it berish me’yorlari hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi orqali paxta xomashyosi etishtirishda begona o’tlarga qarshi kurashish bo’yicha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish tartibi mavzularida taqdimot qildi.

 

 


16-03-2022, 12:35
Ko'rishlar: 93
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”