Viloyat o’quv seminari tashkil qilindi

2022 yil 7-iyul kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumani Qalandardo‘rmon xududidagi “Yangibozor textile agro cluster” MChJga qarashli paxta yer maydonida “suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini afzaliklari va joriy yilda kuzatilayotgan suv tanqisligini yumshatishga qaratilgan viloyat o’quv seminari tashkil etildi

 

 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11-dekabrdagi “Qishloq xo’jaligida suvni tejaydigan texnilogiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4919-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishni jadallashtirish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, joriy qilinayotgan tomchilatib sug’orish tizimida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi.

Seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamroev, Xorazm viloyati hokimi o’rinbosari K.Sobirov, Yangibozor tumani hokimi
 O’. Qurbanov,
viloyat suv xo‘jaligi boshqarmasi barcha rahbar hodimlari va tegishli mutaxassislari, klaster va fermer xo‘jaligi rahbarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi direktori O. Eshchanov va “Sug‘orish va suvni tejaydigan texnologiyalar laboratoriyasi” kichik ilmiy xodimi H.Sadullayevlar faol qatnashdilar.

Seminar davomida tomchilatib sug’orish tizimini joriy qilish jarayonida yuzaga kelayayotgan kamchiliklar, muammolar yuzasidan loyihachi tashkilotlar, klasterlar va masul hodimlarga tushintirish ishlari olib borildi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi masul hodimi T.Qayumov so’zga chiqib ushbu yilda yuzaga kelgan suv tanqisligi vaqtida suv resurslaridan unumli va samarali foydalanish, har bir tomchi suvni tejab asrab o’simliklarga yetkazish, suv tejamkor sug’orish texnologiyalarini joriy qilish naqadar dolzarb masala ekanligi haqida seminar qatnashchilariga tushintirib berdi.

 



Markaz direktori O.Eshchanov Xorazm 24 teleradiokompaniyasiga tomchilatib sug’orish tizimini joriy qilish samaradorligi yuzasidan intervyu berdi.

 

 

Seminar yakunida tadbir ishtirokchilari hududlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda yuzaga kelayotgan ayrim kamchiliklar bo‘yicha takliflarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

 

 

 

 

 


7-07-2022, 09:13
Ko'rishlar: 104
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”