Markaziy Osiyo Davlatlararo suv xo'jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining navbatdagi yig'ilishi
2022 yil 27 aprel kuni Qozog’iston Respublikasining Turkiston shahrida Markaziy Osiyo Davlatlararo suv xo'jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining (МКВК) navbatdagi 82-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilish Qozog‘iston Respublikasi tomonidan tashkil etildi. Shuningdek, yig'ilishda МКВК tashkil etilganining 30 yilligiga bag'ishlangan tantanalar o'tkazildi.
Yig‘ilish Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Qozog‘istondan МКВК a’zosi S.S. Kojaniyazov raisligida hamda МКВК aʼzolari Tojikistondan D.Sh. Shoimzoda, Turkmanistondan G.N. Bayjanov, Oʻzbekistondan Sh.R. Xamraevlar ishtirokida otdi. Yig‘ilishda komissiyaning ijro etuvchi organlari rahbarlari: BWO Amudaryo boshligi Maxramov M.Ya., BWO Sirdaryo boshligi Xolxujaev O.A., НИЦ МКВК boshligi Ziganshina D.R., Kotibiyat boshligi Nazarov U.A. va boshqa taklif qilingan shaxslar ishtirok etdi.
Shuningdek, yig'ilishda O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi “Irrigatsiya tizimi va o’zan jarayonlari” laboratoriyasi mudiri Iskandar Qalandarov МКВК faxriy aʼzosi maqomida ishtirok etdi.